Biz har bir tekshiruv uchun identik standartdan foydalangan holda faktlarni tekshiramiz. Har tekshiruvda yagona jarayonga amal qilamiz va dalillar orqali obyektiv xulosalarga kelish imkonini yaratamiz. Bir taraflardan birining subyektiv fikrini diqqat markaziga qo’ymaymiz. Faktlarni tekshirib bo’lgach, verdikt liniyasiga murojaat qilamiz: feyk, haqiqat, yolg’on, yarimhaqiqat, manipulyatsiya, texnik xatolik va verdiktsiz. Ommaviy shaxslar nutqlaridagi va’dalarni tekshirishda biz quyidagi xulosalarga murojaat qilamiz: bajarildi, bajarilmadi, qisman bajarildi. Saytdagi har bir material axborotni qanday tekshirganimiz haqida bayon qiladi va faktchek metodlari, instrumentlarga foydali havolalarni mujassam etadi.
Materillarga va teksirish ob´yektlariga talablar
Ruknlar bo’limidagi materiallar quyidagi talab va mezonlarga javob berishi kerak.
Saralash mezonlari:
- Tekshirish va qayta tekshirish imkoni mavjud faktologik ma’lumotlarning mavjudligi;
- Axborot OAV, ijtimoiy tarmoqlar, messendjerlarda ommaviy tarqalgan;
- Jamiyat uchun ahamiyatli, dolzarb masalalarni aks ettiradi;
- Surishtiruv obyekti: tekshirish imkoni mavjud omma oldidagi nutq, munozarali fakt.
Dalillar va argumentlar
- Faktlar, statistik ma’lumotlar, ochiq rasmiy manbalardangina olingan hujjatlar va hujjatli ko’rsatmalar, ochiq manbalarga murojaat qiladigan ekspertlardan olingan ma’lumotlar.
- Siz axborotni tekshirish uchun so’rov yuborishingiz mumkin. Qayta aloqa shaklidan foydalaning va xat mavzusida «faktchek» so’zini ko’rsating. Axborot talablarga javob bergan taqdirda, faktchek mavzu dolzarbligi va tahririyat resurslariga qarab bir kun yoki undan ko’proq vaqt talab etadi.
Raddiya berish tartibi
faktchecknet.uz siyosati bizga xabar berilgan zahoti har qanday xatolarni to’g’rilashdan iborat. Bundan tashqari, qandaydir yangi axborot biz hikoyani e’lon qilganimizdan so’ng ma’lum bo’lgan taqdirda, biz uni aniqlashtirib, xabarni to’ldiramiz yoki yangilaymiz. Har qanday holatda biz mushtariylarga o’zgarishlarni, ularni kiritish sabablari va sanani izohlovchi ma’lumot taqdim etamiz.
Mushtariylar qayta aloqa shaklidan foydalangan holda raddiya berishni so’rashlari mumkin. Xat mavzusida «o’zgartirish» so’zini ko’rsating. Mediatanqidda mujassam axborotni qat’iyan rad etuvchi ochiq manbalar aniqlangan taqdirda tahririyat mazkur qoidalarning jiddiy o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi bandlarga muvofiq qo’shimchalar kiritish majburiyatini oladi.
Biz bilan bog’lanish
Agar sizda takliflar, savollar yuzaga kelgan bo’lsa, u holda bizga quyidagi manzillar orqali murojaat qiling:
Elektron pochta: info@factchecknet.uz
Telegram: @factchecknet