Biz O’zbekistondagi mustaqil platforma bo’lib, faktlar, omma oldidagi nutqlar va OAV materiallari haqqoniyligini tekshirish bilan shug’ullanamiz. Materiallarimiz mualliflari – yangiliklar, maqolalar va boshqa materiallar haqqoniyligini aniqlash bilan shug’ullanuvchi faktchekerlar. Faktchekerlar axborotning kontekstga mosligini, shuningdek, voqeaga bog’liqligini va o’ziga xos nozik jihatlarini aniqlaydilar. Faktchekerlar yolg’on axborot tarqatish holatlarini aniqlashlari va bartaraf etishlari mumkin.
Ishonamizki, O’zbekistonda faktchek resursining paydo bo’lishi ishonchli manbadan tekshirilgan axborotni olish, ommaga chiqish qilayotgan shaxslarning esa axborotga extiyotkorona munosabatda bo’lib, va’dalarini ustidan chiqishlari uchun rag’bat bo’lib xizmat qiladi. Maqsadimiz kishilarga nima haqiqatu nima yolg’onligini tushunishga yordam berish. Platforma OAV vakillarida yuqori jurnalistik standartlarni joriy qilish; aholi mediasavodxonlik darajasini oshirish, turli axborot manbalaridan foydalanish madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirish orqali o’z faoliyatiga yanada mas’uliyatli munosabatni shakllantirish vositasida O’zbekistonda so’z erkinligini targ’ib qilish maqsadida yaratildi.
Bizni kim qo’llab-quvvatlaydi?
faktchecknet.uz tahririyati mustaqil platforma bo’lib, materiallarida reklama va propaganda elementlari, shuningdek, boshqa qonunga xilof axborotni joylashdan qat’iyan bosh tortadi. Loyihamizning davlat organlari, psevdodavlat sektori va tijoriy tashkilotlar bilan hech qanday shartnoma va og’zaki majburiyatlar bilan bog’liqligi yo’q. Loyiha tashabbuskori faktchek hamjamiyatini rivojlantirayotgan va barcha xohlovchilarni faktchekerlar hamjamiyatiga taklif qilayotgan O’zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi sanaladi.
Yevropa Ittifoqi ko’magida ERIM xalqaro nodavlat tashkiloti loyihaga moliyaviy yordam ko’rsatadi.
Loyiha hamkorlari: MediaNet Kazahstan, factcheck.kz.
faktchecknet.uz jamoasi – bu professional jurnalistlar va frilanserlar, medianing turli sohalarida ish stajiga ega tadqiqotchilar. Jamoa ishtirokchilarning manfaatdorligiga qarab, ularning tajribasi va o’qish istagi asosida shakllanadi. Agar siz jamoa a’zosi bo’lishni istasangiz va dezinformatsiya, propagandaga qarshi kurash uchun kontent yaratmoqchi bo’lsangiz, bizga elektron pochta orqali yozing: info@factchecknet.uz