10 fevral kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Красота вокруг» sahifasida “Anorbank” tomonidan 50 million so‘mgacha pasport va kafillarsiz mikroqarz berilayotganligi haqidagi xabar joylangan.
Biz ushbu sahifani ko‘zdan kechirar ekanmiz, ayrim jihatlar ushbu sahifaning shubhaliligini ko‘rsatdi.
HUKM: FIRIBGARLIK
Ushbu post ostida qoldirilgan havolaga o‘tilganda “Kredit bo‘yicha maslahatlar” berilgan sahifaga o‘tiladi va “Anorbank” tomonidan ajratiladigan mikroqarz haqida bironta ham maʼlumot berilmagan. Ushbu sahifaning o‘ziyoq maʼlumot feyk ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbek auditoriyasi uchugn joylashtirilgan ushbu maʼlumot muallifi ham o‘zbek foydalanuvchisi emas. Yaʼni qandaydir “Elsie-May Matthams” logini orqali maʼlumot joylashtirilgan. Bundan tashqari ushbu post ostidagi foydalanuvchilar qoldirgan izohlar ham tarjimon instrumentlari dan foydalanilgan va xorijiy fuqarolar ism sharifi orqali qoldirilganligini ko‘rish mumkin.

24ipaka.com sayti domen va IP lar Whois rasmiy servisi orqali o‘rganilgandi domen 2023 yil 31 yanvar kuni ro‘yxatdan o‘tganligi maʼlum bo‘ldi. Bundan tashqari sayt tashrif buyuruvchilarning maʼlumotlarini yig‘adigan kuki fayllarni to‘playdi.


Yana bir jihat, telefon raqami ham butunlay boshqa tashkilot Buxoro viloyatida joylashgan “Uzkabel”ga tegishli ekanligidir.

“67 Nukus ko‘chasi, Toshkent 100015, O‘zbekiston” manzili esa “Asakabank” ATB bosh ofisiga tegishli ekanligini ko‘rish mumkin.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoq va telegram messenjeri orqali turli xil miqdordagi pul mablag‘lari ajratilayotganligi yuzasidan maʼlumotlar ko‘pchilikka SMS yoki messenjerlardagi xabarlar orqali kelib turadi. Ularning ko‘pchiligi firibgarlar tomonidan tayyorlanadi va ko‘p hollarda sodda insonlarning aldanib qolib, plastik kartalaridagi mablag‘laridan ajralib qolishlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Mazkur havola “Anorbank” jamoasiga tegishliligi bo‘yicha so‘rov yuborilganda, ular ushbu sahifa va reklama ularga tegishli emasligi haqida maʼlum qildilar.
Xulosa, agar bankdan kredit olmoqchi bo‘lsangiz, faqatgina tegishli bank ofislariga yoki rasmiy saytlariga tashrif buyurgan holda maʼlumot olish tavsiya qilinadi.
Internetdagi firibgarlardan qanday himoyalanish kerak?
- Noma’lum havolalarni ochmang
- Bank ma’lumotlarini yubormang va yana 8 ta life-hack