Turkiya AQShni zilzilalarga aloqadorlikda ayblagani to’g’risidagi xabar rostmi?

Internetda tarqatilayotgan xabarda Turkiya hukumati AQShni zilzilalarga aloqadorlikda ayblayotgani aytilgan. Xabarda Turkiya kosmik agentligi boshlig’i, AQShning kosmosdan Yerning istalgan nuqtasiga yo´naltirish mumkin bo´lgan, 10 metrlik titan quymali sterjnlarga ega Warrior sputnigi xususida gaplari keltirilgan. Ular Yerga 5 kilometr chuqurlikka kirib, 7-8 ball kuchga ega zilzilalarni keltirib chiqaradi.

HUKM: FEYK

Bunday mazmunga ega postlar Telegram messendjeridagi kanallar orqali tarqatilgan.

Tekshirish Rossiya ommaviy axborot vositalaridan biri – EA Daily e’lon qilgan ma’lumotga olib keldi. Xabar Turkiya kosmik agentligi rahbarining bayonotini o’z ichiga oladi, lekin unda AQShga nisbatan hech qanday ayblov belgilari yo’q.

Biroq ushbu materialda Yerdagi istalgan nuqtaga yuborilsa, 5 kilometr chuqurlikka yetib boradigan va 7-8 ballik zilzilalarga sabab bo’la oladigan 10 metrlik titan quymali sterjnlarga ega Warrior yo’ldoshlari haqida gap ketgan. O’zini MDH davlatlari yangiliklarini yoritadigan kanal sifatida namoyon qiladigan CisPress YouTube-kanali Warrior sputniklari to’g’risida ayni fikrlarni bildirayotgan Turkiya kosmik agentlik rahbari intervyusi videosini joylagan. Bir yil avvalgi mazkur videoni tahlil qilib, uning so’nggi voqealarga hech qanday aloqasi yo’q, degan xulosaga keldik.

Google Yangiliklar qidiruv servisidan foydalanib, Turkiya kosmik agentlik rahbari so’zlari kontekstida «Turkiya hukumati AQShni zilzilalarga aloqadorlikda aybladi» kabi kalit so’zlardan foydalangan holda axborot bergan rasmiy manbalar topilmadi. Natijada, Turkiya hukumati AQShni zilzilalarni uyushtirganlikda ayblagani to’g’risidagi xabarlar feykligi aniqlandi.