Telegram-kanalda “AQSh USAIDning Markaziy Osiyodagi muvaffaqiyatsizligini tan oldi” sarlavhali post paydo bo‘ldi.
Fotosuratga qo‘shilgan izohda “Donald Lu USAID ta’siridan norozi” deyilgan.
Factchecknet.uz postda keltirilgan ma´lumotlarni o‘rganib chiqdi.
HUKM: YOLG’ON VA MANIPULYATSIYA
Xabarga ilova qilingan fotosuratda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Donald Lu Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining matbuot devori oldida, telekanallar va elektron nashrlar vakillari, jurnalistlar qurshovida turibdi.
2023-yil 9-noyabrda chop etilgan ushbu postdagi surat aslida 2022-yil may oyida ommaviy axborot vositalarida e´lon qilingan. Donald Lu Toshkentga tashrifi davomida rasmiylar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari bilan bir qator muzokaralar, uchrashuvlar o‘tkazgan.
“Amerika tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarni, mamlakatimizning konstruktiv va ochiq tashqi siyosatini yuqori baholadi. AQSh hukumatining Oʻzbekistondagi islohotlar jarayonini faol ilgari surishga tayyorligi alohida taʼkidlandi”, — deyiladi Oʻzbekiston TIV 2022-yilda diplomatlarning Toshkentdagi uchrashuviga bagʻishlangan xabarida.
Donald Lu haqiqatan ham 2023-yilning noyabrida poytaxtda bo‘ldi, buni AQShning Toshkentdagi elchixonasi rasmiy ma’lumotlari tasdiqlaydi. Masalan, u AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan Chorsu bozoriga tashrif buyurdi va keyinchalik ushbu videorolik mahalliy ommaviy axborot vositalarida tarqaldi.
Biroq tashrifning asosiy maqsadi AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi Strategik hamkorlik bo‘yicha muloqotda ishtirok etish edi, ammo «Взгляд на Восток» (“Look East”) postida bu haqda aytilmagan.
Keling, Telegram kanalida taqdim etilgan matnni bosqichma-bosqich ko’rib chiqaylik:
Manbada keltirilgan: “AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Donald Luning Ostona va Toshkentga tashrifi Vashington mintaqa respublikalarining AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorligidan naqadar norozi ekanini koʻrsatdi. Tuzilmaga o‘nlab million dollarlar kiritilayotganiga qaramay, u haligacha nufuzli siyosiy o‘yinchiga aylana olmadi”.
Aslida: tadbir yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotda Amerika tomoni O‘zbekiston tomonidan iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan islohotlarni olqishladi. Matnda, shuningdek, siyosiy va iqtisodiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, madaniy merosni asrab-avaylash, ta’lim almashinuvi va ingliz tili dasturlari bo‘yicha tashabbuslar, shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash zarurligi qayd etilgan.
USAIDga keladigan bo’lsak, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Abt Associates kompaniyasi bilan hamkorlikda oktyabr oyida “Sildan xoli Oʻzbekiston” nomli besh yillik loyihasini boshladi.
Bu hamkorlik bo’yicha bildirilgan yagona taklif emas. USAID maʼmuri Samanta Pauer Oʻzbekistonda taʼlimni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tashabbusni eʼlon qildi va agentlik Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirib, karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish boʻyicha strategiyalar bilan oʻrtoqlashishini ham maʼlum qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston iqtisodiyotini turizm, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yashil iqtisodiyot kabi maqsadli tarmoqlarda mustahkamlashga qaratilgan investitsiya loyihalari eʼlon qilindi.
Loyihalarning ishga tushirilishi hamkorlik mustahkamlanganidan dalolat beradi, bu qoʻshma bayonot matnida ham taʼkidlangan. Postda ta’kidlangan norozilik haqidagi ma’lumotlar faktlar bilan tasdiqlanmaydi.
Manbada keltirilgan: “Qirg‘izistonda “Notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, respublika hukumati mamlakat siyosiy hayotiga aralashayotgan xorijiy agentlar ro‘yxatini e’lon qilmoqda”.
Aslida: biz postdagi havola orqali o´tib, nomuvofiqlikni ko’rishimiz mumkin: “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risidagi qonun Qirg’iziston parlamenti tomonidan birinchi o’qishda qabul qilingan”, deyiladi xabarda. Prezident imzolagani haqida hech narsa aytilmagan.
Bundan tashqari, asl manbadagi postda ko’rsatilgan «hokimiyat» aslida «xorijiy agentlar ro’yxatini e’lon qilmaydi», balki fondlardan birining grant oluvchilari ro’yxatini taqdim etadi. Bundan tashqari, post mualliflari deputat Nodira Narmatova bilan suhbatni “respublika hokimiyati” sifatida taqdim etadi.
Manbada keltirilgan: “G‘arb elchilarini odatda Prezident Shavkat Mirziyoyevning maftunkor yordamchisi va qizi Saida Mirziyoyeva kutib oladi, liberal suhbatlarni bajonidil qo‘llab-quvvatlaydi, biroq mamlakat nodavlat notijorat tashkilotlarining muxolifatga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi”.
Aslida: Oʻzbekistondagi vaziyatni tahlil qilish maqsadida havola faqat Saida Mirziyoyevaning AQSh Davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuvi haqida soʻz yurituvchi “Kursiv” nashriga havola.
Muallif jumlaning birinchi qismida haqiqiy faktdan foydalgan, ikkinchi qismida ob’ektiv ma’lumot niqobi ostida uning talqini keltirilgan. Jumlaning «mamlakatda ular nodavlat notijorat tashkilotlarining muxolifatga o’tishiga yo’l qo’ymaydi» degan qismi hech qanday aniq ma’lumot bilan qo’llab-quvvatlanmaydi va fikrni ifoda etadi. Bu esa manipulyatsiya belgisi hisoblanadi.
Shuningdek, xabar e’lon qilingan kanalda tez-tez takrorlanishlarni ko’rishingiz mumkin. Bunday takrorlanuvchi bayonotlardan foydalanish orqali muayyan nuqtai nazarni targ’ib qilish va auditoriyaga yashirin ta’sir qilishning samarali usullarini qo’llash hisoblanadi.
Agar kanaldagi besh kunlik farq bilan keltirilgan ikkita xabar – 9 va 14 noyabrdagi postlarni solishtirsak: ikkala holatda ham prezident yordamchisi uchun epitet sifatida «maftunkor», ikkala holatda ham «liberal suhbatlar» ko’rsatilgan, yana – nodavlat notijorat tashkilotlari va «ularni muxolifatga tushishiga yo’l qo’yilmaydi» shtampi takrorlanadi.
Ma’lumot uchun: «Взгляд на Восток»(Sharqqa nazar) o‘zini Yaqin Sharq, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi voqealar haqidagi axborot-tahliliy kanal sifatida ko‘rsatadi. Kanal 2022-yil avgust oyida yaratilgan, kanalning joylashishi: Rossiya. Boshqa xabarlarning uslubi (1, 2, 3, 4) G’arb, aniqrog’i AQSh haqida salbiy fikrlarni o’z ichiga oladi, bu hozirgi siyosiy vaziyat kontekstida Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarining targ’ibot usullariga mos keladi.