Ma’lumot to‘plash material yaratishning asosiy bosqichlaridan biridir. Hatto matn uchun eng mohir g‘oyangiz bo‘lsa ham, matn uchun dastlabki ma’lumotlar talab qilinadi.
Agar tayyor ma’lumotlar to‘plami (jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlar) bo‘lmasa yoki uning ishonchliligini tekshirish zarurati bo‘lsa, ma’lumotlarni o‘zingiz yig‘ishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishingiz shart emas, siz “Chrome” brauzeri uchun foydali kengaytmalardan, masalan, “Table Capture”dan foydalanishingiz mumkin.
Avvalo, “Chrome” internet-do‘konidan “Table Capture”ni o‘rnatishingiz kerak. Buning uchun qidiruv satriga “Table Capture”ni kiriting va natijalar ro‘yxatida birinchi variantni tanlang. O‘rnatishdan so‘ng, undan foydalanish qulay bo‘lishi uchun kengaytmani ish paneliga biriktirish tavsiya etiladi.

“Table Capture” sahifadagi jadvallarni juda yaxshi ko‘rish qobiliyatiga ega. Masalan, mana bu “Vikipediya”dan AQSh prezidentlari haqidagi maqola.

Sahifada turli xil jadvallar mavjud va “Table Capture” ularni osongina tanib oladi. Menyudan kerakli fragmentni tanlashingiz mumkin.

Bepul versiya jadvalni almashinuv buferiga nusxalash imkonini beradi, shundan so‘ng jadvalni “Excel” yoki “Googlesheets”ga joylashtirishingiz mumkin. Shunday qilib, siz saytdan kerakli ma’lumotlarni kompyuteringizda tahrirlanadigan formatda olasiz.

Afsuski, “Table Capture” har doim ham barcha saytlar va vazifalar uchun mos kelmaydi. Bunday hollarda, boshqa ma’lumotlarni yig‘ish kengaytmalari yoki dasturlash ko‘nikmalari foydali bo‘lishi mumkin, biz ular haqida tez orada ma’lum qilamiz.