Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil uchun gaz narxi bir kub metr uchun 3800 so‘m etib belgilangani haqida xabar chiqdi. Shundan so‘ng, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martda qabul qilingan 173/6-sonli qarori bilan “metan” gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati 2024-yil 1-iyungacha uzaytirilgani va bir kub metr uchun 3 350 soʻm narx belgilangani eʼlon qilindi.

HUKM: ROST
Ijtimoiy tarmoqlarda 3800 so‘mlik metan haqidagi holat haqiqat va bu kabi holatlar Andijon, Surxondaryo viloyatlarida kuzatilganligi qayd etilgan. X(Twitter) foydalanuvchisi Andijon viloyati Chinobod tumanida joylashgan gaz quyish shaxobchasidan olingan rasmni joylagan.
Ijtimoiy tarmoq foydanalanuvchilar reaksiyasi va savollariga javoban Energetika vazirligi bu kabi holatlar nazoratga olingani, iste’molchilar tomonidan to‘langan ortiqcha to‘lov summasi kvitasiyasi asosida qaytarilishi mumkinligi haqida rasmiy munosabat bildirdi.
Factchecknet.uz Toshkent shahrida va uning viloyatiga tutash huqudlarda gaz quyish shaxobchalaridagi narxlarni bilish maqsadida fotoreportaj tayyorladi.
Poytaxt hududida narxlar vazirlik tomonidan belgilangan bir kub metr uchun 3350 so‘m miqdorda iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.
Quyida Metan shaxobchalaridan olingan fotosuratlarni keltiramiz.

Fotoda Yashnobod tumanidagi Jarqo‘rg‘on mahallasi.



Mirobod tumani Eski otchopar 1-tor ko‘chasi.



Yashnobod tumanidagi Do‘stobod mahallasi.


Toshkent viloyati Zangiota tumani.



Sergeli tumani Qumariq mahallasi.



Sergeli Tumani Sohibkor mahallasi.

Toshkent Tumani Hasanboy mahallasi.



Toshkent tumani Keles aylanma xalqa yo’li.


Zangiota tumani Chig’atoy Oqtepa mahallasi.


Zangiota tumani Istiqlolning 5-yillik mahallasi.



Yangi Toshkent tumani.