Semantic Scholar — bu qidiruv tizimi ilmiy adabiyotlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. U matnlarni chuqur tahlil qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi, bu sizga ma’lumotni an’anaviy qidiruv tizimlariga qaraganda ancha samaraliroq topish imkonini beradi.
Semantic Scholar nafaqat havolalar ro‘yxatini taqdim etadi, balki quyidagilarni ham beradi:
- Avtomatlashtirilgan maqola xulosalari: SI maqolaning mohiyatini tezda tushunishingizga yordam berish uchun qisqa va maʼlumot beruvchi xulosalar yaratadi.
- Maqolalar orasidagi aloqalarni ko‘rsatrish: Bu sizga turli xil tadqiqotlar bir-biri bilan qanday bog‘liqligini ko‘rish va mavzu bo‘yicha yangi tadqiqotlarni topish imkonini beradi.
Tavsiyalar: tizim foydalanuvchining oldingi so‘rovlari asosida uni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan maqolalarni taklif qiladi.
Semantic Scholar faktchekerga qanday yordam berishi mumkin?
1. Agar qandaydir daʼvoni tekshirayotgan boʻlsangiz, Semantic Scholar asl manbani – daʼvoga asoslangan ilmiy maqola, tadqiqot yoki hisobotni tezda topishga yordam beradi.
2. Semantic Scholar yordamida siz ma’lum bir tadqiqot qanchalik keng tarqalganligi, qarama-qarshi dalillar bor-yo‘qligi va boshqa olimlar qanday xulosaga kelganligini tekshirishingiz mumkin.
3. Agar biror mavzu bo‘yicha mutaxassis bilan maslahatlashish zarur bo‘lsa, Semantic Scholar ushbu sohada faol olimlarni topishga yordam beradi.
4. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish orqali ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan ayrim gaplar qanchalik asosli ekanligini aniqlash mumkin.
Semantic Scholar-dan qanday foydalanish kerak?
1-qadam. Ro‘yxatdan o‘tish. Semantic Scholar’ning barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak.
2-qadam. Qidiruv. Qiziqtirgan mavzuni tavsiflovchi kalit so‘zlarni yoki iboralarni kiritish.
3-qadam. Natijalarni filtrlash. Nashr yili, mualliflar, jurnallar va boshqa parametrlar bo‘yicha qidiruvinni aniqlashtirish uchun filtrlardan foydalanish.
4-qadam. Natijalarni tahlil qilish. Natijalarni ko‘rib chiqish, tezislarga, iqtiboslarga e’tibor berish va maqolalar orasidagi aloqalarni kuzatish.