2024-yil avgust oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ishtirokidagi video haqidagi xabar larzaga keltirdi. Telegram kanallarida tarqalgan kadrlarda Fransiya rahbari noma’lum erkak bilan quchoqlashib, o‘pishayogani aks etgan. Videoda Makronning o‘sha odam bilan boshqa odamlar davrasida tushgan suratlari ham bor.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari davlat rahbarining taxminiy xatti-harakatini faol muhokama qildi, ba’zilari esa prezident o‘z mansabini suiiste’mol qilayapti va Olimpiada o‘yinlari vaqtida soliq to‘lovchilarning pullarini shaxsiy o‘yin-kulgisi uchun behuda sarflayapti, deb o‘ylagan holda, norozilik bildirishdi.
Video “France 24” kanalining “Les Observateurs” dastiri mutaxassislarining e’tiborini tortdi va ular videomaterialni chuqur tahlil qilishdi. Ularning e’tiborini videodagi odamlar harakatlaridagi nomuvofiqliklar, xususan, voqea joyi ishtirokchilaridan birining qo‘llarining g‘ayritabiiy xatti-harakatlari tortdi.
Tekshiruv natijasida maʼlum boʻlishicha, video “Voici” tabloididagi suratga asoslangan sunʼiy intellekt ishi natijasi boʻlgan. Jurnalistlar ochiq sun’iy intellekt xizmatlaridan foydalanib, shunga o‘xshash effektni takrorlay olishdi.
Qizig‘i shundaki, videoning asl manbasi – fransuz blogeri Mikoning X ijtimoiy tarmog‘idagi 2-avgustdagi postida sun’iy intellektdan foydalanishga aniq havola qilingan. Muallif o‘z ishini “Prezident ta’tilining sun‘iy intellekt versiyasi – bu qandaydir hayratlanarli narsadir” deb, sarlavhalagan. Biroq, bu videoning go‘yo haqiqiy deb tarqalishiga to‘sqinlik qilmadi.
Qayd etish joizki, Makronning shaxsiy hayoti ilk bor turli to‘qimalar mavzusiga aylanayotgani yo‘q. Avvalroq, Frantsiya prezidenti o‘zining jinsiy orientatsiyasi va xodimlar bilan munosabatlari haqidagi mish-mishlarni rad etishga majbur bo‘lgan edi.