Pentagon portlashining SI tomonidan yaratilgan soxta surati fond bozoriga salbiy ta’sir ko’rsatdi

Pentagon portlashi haqidagi soxta sun’iy intellekt (SI) tomonidan yaratilgan surat S&P 500-ni 0,3 foizga (500 milliard dollar) arzonlashtirdi.

Shu kunlarda Twitter’da Vashingtondagi Pentagon binosi yaqinidagi portlashning soxta surati paydo bo‘ldi (https://www.insider.com/ai-generated-hoax-explosion-pentagon-viral-markets-dipped-2023-5). Surat Rossiya bilan bog‘liq ingliz tilidagi Twitter akkaunti (jumladan, 3 million obunachiga ega RT – suratni allaqachon o‘chirib tashlagan bo‘lsa ham) tomonidan tarqatilgan. AQShning Standard & Poor’s fond indeksi darhol 0,26 foizga tushdi. Biroq, davlat idoralari (xususan, Vashington politsiyasi) o’z vaqtida aralashib, vahima, shuningdek, ko’plab soxta narsalar paydo bo’lishini to’xtatdi.