Vebinarga taklif etamiz! Factchek: rasmiy bayonotlar va va’dalarni tekshirish

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi faktcheker va jurnalistlar, shuningdek, faktchekingga qiziquvchi blogerlarni “Faktcheking – iqtisodiy mavzularda jurnalistik surishtiruv vositasi sifatida» mavzusidagi turkum vebinarlarda ishtirok etishga taklif qiladi.

5–6- sentyabr kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha boʻlib oʻtadigan onlayn mahorat darslarida xalqaro faktchekerlar va faktchekingga ixtisoslashgan tahririyatlar muharrirlaridan iborat media-trenerlar jamoasi sizga maʼlumotlarni tekshirishning eng zamonaviy usullarini oʻrgatadi.

Xususan, vebinar mavzulari qatorida qo’shni Qozog’iston va Qirg’iziston tarjibasi misolida amaldorlar bayonotlarini tahlil qilish, internet-firibgarlik turlari, propaganda va manipulyatsiyani tekshirish, davlat xaridlarini o’rganish kabilar bor.

Vebinarlarda ishtirok etish orqali siz faktcheking va jurnalistik tadqiqotning umumiy jihatlarini, va’dalar ustidan nazorat usullarini o’rganasiz, shuningdek, rasmiy idoralar vakillarining chiqishlarida fikr va faktlarning manipulyatsiyasini aniqlash va tekshirish ko’nikmalariga ega bo’lasiz. 📝 Ishtirok etish ushun havoladan o’tib shaklni to’ldiring https://forms.gle/6oPWJcJkHJEUtHwAA

Vebinarga ulanish havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/86053723072
Sizni kutib qolamiz!