“Siz zararsiz ozishni xohlaysizmi? AMPLI 5 ko‘p funksiyali bilaguzuk ozishga, oshqozon, dumba, qo‘l va oyoqdagi yog‘larni eritishga yordam beradi”, ayni shunday so’zlar bilan “Telegram_Yulduzlari” telegram-kanalida bilaguzuk reklama qilinmoqda. Postda go‘yoki ortiqcha vaznga ega bo‘lgan shaxs ushbu bilaguzukni taqib ozganligi haqida video bor.
Xabarda ma’lum qilinishicha, bu bilakuzuklar vazn yo’qotish, artrit og’rig’ini yo’qotish, bo’g’imlarning yallig’lanishini kamaytirish va boshqalar uchun juda mos keladi.
HUKM: YOLG’ON
Ilmiy tadqiqotlar va meta-tahlillar magnit bilaguzuklarda platsebo effektidan tashqari shifo va terapevtik xususiyatlari haqida hech qanday dalil yo’qligini ko’rsatadi.
Stiven Barrettning «Magnitoterapiya: Skeptik nuqtai nazar» nomli ilmiy maqolasida ta’kidlanishicha, bugungi kunda ko’plab mahsulotlar terining yuzasida yoki ostida sezilarli magnit maydon hosil qilmaydi va kichik statik magnitlar og’riqni yengillashtirishi yoki qandaydir kasallikning oqibatiga ta’sir qilishi mumkin degan xulosaga hech qanday ilmiy asos yo’q. “Agar bu to’g’ri bo’lsa, magnitni teriga qo’yish magnit ostidagi joyni qizil rangga aylantiradi, bu unday emas. Bundan tashqari, qon oqimini o’lchaydigan yaxshi ishlab chiqilgan tadqiqot hech qanday o’sishni aniqlamadi» – tadqiqotdan iqtibos.
Milliy markaz (NCCIH) ushbu magnitlarni professional tibbiy yordam o’rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatishdan va bilaguzuklar yurak stimulyatori yoki insulin pompasidan foydalanadiganlar uchun zararli ekanidan ogohlantiradi. Tanada kuchli magnitlardan foydalanishning ba’zi yon ta’siri quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: og’riq, ko’ngil aynishi, bosh aylanishi, terining tirnash xususiyati.
Sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislarning fikriga ko’ra, vazn yo’qotish maqsadlariga erishish uchun parhez va jismoniy mashqlar juda muhimdir.
Unda nima qilish kerak?
Ozish yoki og’riqni yo’qotish uchun magnit bilaguzuklarga ishonmang. Istalgan natijalarga erishish va salomatlikni ta’minlash uchun professional maslahat va tegishli davolanishni ta’minlaydigan malakali shifokor bilan maslahatlashish muhimdir.
Xulosa: Magnit bilakuzuklarning mashhurligiga qaramasdan, fan magnit bilakuzuklarning vazn yo’qotish, surunkali og’riq, yallig’lanish, kasallik va umumiy sog’liq uchun samaradorligini katta darajada rad etdi.
Magnitlarni haqiqiy tibbiy yordam o’rniga ishlatmang. Agar sizda yurak stimulyatori yoki insulin pompasi bo’lsa, ulardan qoching.