Toshkent viloyatida “Gender-sezgir jurnalistika: ayollarga nisbatan zo‘ravonlik masalalarini OAVda qanday yoritish kerak?” mavzusida uch kunlik trening bo‘lib o‘tdi. Trening USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda jurnalistlar, blogerlar, OAV xodimlari va matbuot kotiblaridan iborat 25 nafar ishtirokchi turli hududlardan qatnashdi.
Treningning maqsadi O‘zbekistonda gender-huquqiy tizimi haqida ma’lumot berish va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik mavzularini OAVda yoritishga o‘rgatish edi. Ishtirokchilar zo‘ravonlikning turlari va shakllari bo‘yicha bilimlarini oshirdilar, OAVning gender stereotiplarini yengishda roli va gender-sezgir kontent yaratish tamoyillarini o‘rgandilar.
Trening dasturi nazariy mashg‘ulotlar, guruhlarda amaliy ishlar va interaktiv sessiyalarni o‘z ichiga oldi. Trenerlar orasida gender tengligi va media loyihalari bo‘yicha mutaxassislar bo‘lib, ular xalqaro tajriba va mahalliy misollar bilan o‘rtoqlashdilar. Trening ishtirokchilari mavzuga qiziqish bildirib, so‘nggi kunda o‘z loyihalarini taqdim etib, kelajakdagi media loyihalarining g‘oyalarini ishlab chiqdilar.
Trening doirasida factchecknet.uz sayti ham taqdimot qildi. Gender dezinformatsiyasi mavzusi va sayt bilan hamkorlik qilish imkoniyati trening ishtirokchilari uchun qiziqarli bo‘ldi.
Tadbir barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bilan yakunlandi.