2023-yil 3-noyabr kuni “Hilton Tashkent city” mehmonxonasida III Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi, unda davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish usullari muhokama qilindi.
FactcheckNET.uz jamoasi “Aksilkorrupsiya muhitida NNTlar tomonidan jamoatchilik nazorati shakllari” mavzusidagi ikkinchi interaktiv sessiyada ishtirok etdi. Sessiyani Riga Oliy yuridik maktabining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha katta eksperti Inessa Voyka olib bordi.
Biz Inessa Voika bilan suhbatlashdik va unga bir nechta savol berdik:
— O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda davlat, korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, NNTlar va OAVning tarmoqlararo hamkorligini qanday baholaysiz?
— Hozircha batafsil ma’lumotga ega emasman. Biroq ijobiy tomoni bor, bu jamoatchilik nazorati va uni amalga oshirish boshlanganidir. Esimda, 2015-yilda biz aksilkorrupsiyaga bo‘yicha O‘zbekistondan kelgan birinchi delegatsiyani Rigada kutib olgan edik, o‘sha davrda prezident radioga intervyu berish uchun kelishini va odamlar unga savollar berishi mumkinligini tasavvur ham qilib bo‘lmas edi.
O‘shandan buyon O‘zbekiston uzoq yo‘lni bosib o‘tdi va hisobdorlik bo‘lmagan muhitda demokratiya ish bermasligini angladi. Jurnalistlar va jamoat tashkilotlari ham munosib hamkor ekani haqida tushuncha va madaniyatni rivojlantirish kerak.
Albatta, butun dunyo bo‘ylab gapiradigan bo‘lsak, byurokratiya hisobdorlikni yoqtirmaydi, hech kim nazorat qilmaganida ishlash osonroq. Shu nuqtai nazardan, davlat organlarida ommaviy axborot vositalari yoki boshqa jamoat tashkilotlari jarayonlarni nazorat qilishi madaniyatini joriy etish muhim ahamiyatga ega va xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu yaxshi samara beradi va buni amalga oshirish zarur.
Bugun biz korruptsiya yildan-yilga kuchayib bormoqda, degan fikrni eshitdik, lekin korrupsiyaga qarshi kurash avvalida u shunchaki ko‘zga tashlanishni boshlaydi va bu holatlar yoritiladi, aybdorlar hibsga olinadi.
— Ideal hamkorlik qanday bo‘lishi kerak, uning tavsiya etilgan qandaydir modellari bormi?
— Modellardan biri O‘zbekistonda allaqachon mavjud va bu konsessiya kengashlari. Ular odatda rasmiyatchilik sifatida boshlanadi, lekin ular haqiqiy instrumentga aylanishi mumkin, chunki bu hukumat nodavlat sektor bilan uchrashadigan joy. 2006-yilda Latviyada Vazirlar Mahkamasida nodavlat tashkilotlar va hukumat o‘rtasida shunday memorandum tuzilgandi. Avvaliga ular shunchaki hujjatlarga imzo chekadi va hech qanday natija bermaydiganga o‘xshagandi. Ammo endi bu odamlar memorandum kengashiga saylanadigan haqiqiy forumga aylandi. Ular har oyda bir marta hukumatda o‘tirib, nodavlat notijorat tashkilotlar davlat idoralari bilan ishlashda duch keladigan muammolarni rasmiylar bilan muhokama qiladilar.
