Yaponiyada besh yildan beri prostatit yo’q: rost yoki yolg’on?

Telegram kanallarida go´yoki mashhur yapon urologi Memoru Akiyama tomonidan reklama qilinayotgan prostatitni davolovchi vosita haqida xabar faol tarqalmoqda. Uning ta´kidlashicha, kasallik 3-4 kunda tuzalib ketadi, shuningdek, yapon erkaklarida prostatit besh yildan beri yo‘q.

Factchecknet.uz ma’lumotlarni tekshirib ko‘rdi.

HUKM: YOLG’ON

Factchecknet.uz fotosuratlarni teskari qidirishdan foydalanib, yapon urologi Memoru Akiyama haqida ko’proq ma’lumot olishga qaror qildi va suratdagi inson Memoru Akiyama emasligini va umuman urolog emasligini aniqladi.

Suratdagi odam – neyroradiolog, professor Jun Xatazava. Uning nomi butun dunyo bo’ylab yadroviy tibbiyot doiralarida keng tanilgan.

2018 yilning kuzida Jun Xatazava Qozog‘iston va Prezident klinikasiga tashrif buyurib, Altsgeymer, Parkinson va epilepsiya kabi kasalliklarni erta tashxislashda yapon tibbiyoti tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

2018-yil kuzida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan master-klass davomida olingan suratlar prostatitga qarshi dori reklamasida ishlatilgan.

Xabarda, shuningdek, yapon erkaklari prostatit bilan besh yildan beri azoblanmasligi va uni 3-4 kun ichida davolash mumkinligi qayd etilgan. Bu yolg’on.

Cancer Information Service ma’lumotlariga ko’ra, prostata saratoni 2022 yilda Yaponiyada erkaklar orasida eng ko’p uchraydigan saraton bo’lib, qayd etilgan holatlarning umumiy soni 96,400 ga etgan.

2022 yilda 62 yoshli Yaponiya imperatori Naruxitoning prostata bezi kattalashgani haqida xabar paydo bo’ldi, bu haqda imperator saroyi ma’muriyati xabar berdi. U Tokio universiteti kasalxonasida magnit-rezonans tomografiya uskunasi yordamida tekshiruvdan o‘tdi.

Bo‘lim imperatorda hech qanday alomat yo‘qligini va vaqtini odatdagidek yugurish kabi o‘tkazayotganini aytdi.

Bu yangilik Yaponiyada prostata bilan bog’liq muammolar mavjudligi va u yerdagi erkaklar bu kasallikka moyil ekanligidan dalolat beradi.

Prostatitni 3-4 kun ichida davolash mumkinmi?

Prostatit – bu prostata bezining to’qimalariga ta’sir qiluvchi yallig’lanish jarayoni. Kasallik asosan 25-30 yoshdagi erkaklarda tashxislanadi, ammo erkaklarning yoshi kattalashgan sari patologiyani rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshadi.

Turlarii bo’yicha prostatit o’tkir va surunkali bo’lishi mumkin. Samarali davolash usullari:

  • uretraga dori-darmonlarni tomizish;
  • prostata massaji;
  • zarba to’lqinli terapiya;
  • magnit lazer terapiyasi;
  • elektroforez;
  • ozon terapiyasi;
  • qonni tomir ichiga lazer bilan nurlantirish;
  • qonning ultrabinafsha nurlanishi.

Prostatitni davolash uzoq vaqt talab etadi. Tezda kasallikdan qutulishni va´da beruvchi reklamaga ishonmang. Shifokor bilan maslahatlashib, tekshiruvdan o’tishingiz to’g’ri bo’ladi.