Saylovlar davridagi dezinformatsiyaga qarshi kurash boʻyicha kurs

Jurnalistlar va jurnalistika maktabi talabalari uchun ushbu bepul onlayn trening e’lon qilindi. Agence France-Presse (AFP) Google News Initiative koʻmagida butun dunyo boʻylab saylovlar bilan bogʻliq dezinformatsiyaga qarshi kurash boʻyicha mustaqil kursni taklif qilmoqda. 

Kurs davomida unda ishtirok etuvchilar saylov davrida ijtimoiy tarmoqlar va internetni kuzatish vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallashlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, qatnashchilarga saylovlar oldidan tarqalayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlar turlarini aniqlash va ushbu tarkibni tekshirish strategiyalari o‘rgatiladi. Dastur davomida turli saylov kampaniyalari kontekstiga moslashib, takrorlanib turuvchi rivoyat-feyklar bilan tanishtirib o‘tiladi va ular tahlil qilinadi.

Kurs ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda ishtirokchilar saylovoldi davridagi tendentsiyalar, dezinformatsiya va boshqa axboriy jarayonlar haqida bilimlarga ega bo‘ladilar.

Ikkinchi bosqich esa saylovning ikkinchi kuni va undan keyin yuzaga keladigan muammolar muhokamasiga bag‘ishlanadi. Har bir kurs yakunida ishtirokchilarga muvaffaqiyatli yakunlaganlik uchun sertifikat beriladi.

Ingliz, fransuz, ispan va portugal tillarida olib boriladigan ushbu kurs AFPning “Raqamli tergov usullari” kursining bir qismidir.

Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.
Batafsil ma’lumot ispan tilida BU YERDA