Kobalt, Damas va Labo shartnomalari bilan bogʻliq falstart

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt, Damas va Labo avtomobillarini xarid qilish uchun shartnoma tuzish muddatlari haqida xabarlar paydo boʻldi.

Agar dastlab “dekabr oyining oʻrtalarida” boshlanishi haqida yozilgan boʻlsa, keyinroq aniq sanasi (18-dekabr) aytilgan xabarlar paydo bo‘ldi. Ishonchlilik uchun Telegram kanallarida 2024-yilda chiqarilgan Cobalt, Damas va Labo avtomobillarini faqat UzAuto mobil ilovasi va Telegram boti orqali rasmiylashtirish mumkinligi haqida xabar berildi. Ba’zi administratorlar “insayder ma’lumotlariga ko‘ra” iborasini ishlatishdi.

Factchecknet.uz xabarlar haqiqatga qanchalik yaqin ekanini aniqladi.

HUKM: FEYK

Kanallar mualliflari doimo auditoriyaning  qiziqishini uyg‘otadigan mashhur mavzudan foydalanishdi va rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatishdi, natijada ular feyk bo‘lib chiqdi.

Xabarlar to‘lqini ostida avtokompaniyaning ilovasi ishlashni to‘’xtatdi. Buning sababi xaridorlar orasida sun’iy ravishda ko‘tarilgan shov-shuv bo‘lishi mumkin.

Ilova skrini / Manba kurbanoffnet

UzAuto Motors 18-dekabr kuni ommaviy avtomobillar uchun shartnomalar ochilishi haqida tarqalgan maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va kompaniyaning rasmiy kanallarida aniq sana haqida xabar berishni va’da qildi.

Shuningdek, foydalanuvchilarga hushyor bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlari va shaxsiy kabinet parolini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida ogohlantirdi.

“Onlayn shartnoma tizimi hamma uchun mutlaqo bepul va tizim hech kimga maxsus kirishni ta’minlamaydi”, deyiladi xabarda.

Kompaniyaning va’dasi bajarildi. 22-dekabr kuni Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalar ochilishi haqida xabar paydo bo‘ldi.

Shu bilan birga, tashkilotchilar avtomobil sotib olish bo‘yicha shartnomani faqat onlayn rejimda rasmiylashtirish mumkinligini ta’kidladilar. Shuningdek, ular shu kunlarda barcha Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan uzilib, butunlay yopilishi haqida xabar berishdi.