16-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent” xalqaro aeroportida xayriya aksiyasi oʻtkazilishi, uning doirasida Oʻzbekiston aeroportlarida yoʻlovchilar tomonidan qoldirilgan yuklar sotilishi haqida maʼlumot tarqaldi.
HUKM: FEYK
Ushbu aksiya haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar beradi “Uzbekistan Airports”.
Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarning birortasida yo‘lovchilar yuklariga bunday munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Oʻzbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlaridan birortasi, shuningdek, UzCargo va Uzbekistan Airports Handling shoʻba korxonalari tomonidan yoʻlovchilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uchinchi shaxslarga topshirilmaydi”, — deyiladi xabarda.
Agar yoʻlovchi aeroportda yukini unutib qoʻysa, bu narsalar omborda uch oy davomida saqlanadi. Ushbu muddatdan keyin — egasi topilmagan taqdirda — egasiz chamadonlar va sumkalar utilizatsiya qilinadi.