Tushda pastga qulash nimani anglatadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda shunday mazmundagi xabar tarqaldi: “Uxlab yotganingizda hech pastga qulab uyg‘onib ketganmisiz? Bu hodisa sudorgalik qisqartma deb ataladi, bu jarayon nafas olishingizning tempi pasayganida miyangiz sizni o‘ldi deb o‘ylab, impuls berib uyg‘otishga harakat qilishidan yuz beradi”.

Biz bu xabar haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishini tekshirib ko‘rishga harakat qildik. Haqiqatan ham tushda pastga qulash miyaning bizni “o‘ldi” deb o‘ylagani mahsulimi?

HUKM: HUKMSIZ

Uyqudan qo‘rqib uyg‘onish holati ko‘pchilik uchun begona emas. Ayniqsa, siz tushingizda tepadan pastga qarab qulayotgan bo‘lsangiz, kuchli qo‘rquvga tushishingiz mumkin.

Ma’lumki, tushlar ortidagi psixologiya haqida ilmiy konsensus yo‘q. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, tushda sodir bo‘ladigan ba’zi hodisalar, shu jumladan yiqilish yoki qulashni tush ko‘rish keng tarqalgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu chorasizlik yoki rad hissini aks ettirishi mumkin.

Oddiy kunlarning birida to‘satdan bir martagina yiqilishni tush ko‘rish havotirli emas, chunki siz o‘sha kuni qoya yaqinida sayohat qilgan bo‘lishingiz yoki, shunchaki, krovatingizdan dumalab tushish ehtimoli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Biroq yiqilishni tush ko‘rish sizda quyidagi holatlardan biri kechayotganligini ham anglatishi mumkin:

  • ishonchsizlik yoki beqarorlikni his qilish;
  • tashvishga tushish;
  • haddan tashqari hayajonlanish;
  • nazoratni yo‘qotish.

Agar siz tushingizda yiqilganingizni tez-tez ko‘rayotgan bo‘lsangiz, bu quyidagi muammolarning belgilaridan biri bo‘lishi ham mumkin:

Ilm-fan hali odamlar nima uchun tush ko‘rishi yoki tushlarning aniq ma’nosini tushuntirib bera olmaydi. Yiqilish haqidagi tushlar mushaklarning beixtiyor spazmlariga olib kelishi bor gap. Tushlar va ularning ta’birlari haqida ko‘plab nazariyalar mavjud. Har bir shaxs individual xususiyatlarga ega ekanligi sababli tushlaringizning tafsilotlari ham hamma uchun har xil ma’noni anglatishi tabiiy. 

Yiqilish haqidagi tushlar chorasizlik yoki hayotingizning nazoratdan chiqib ketganligini anglatishi mumkin. Stress omillaringiz bilan kurashish qo‘rqinchli tushlarni kamroq ko‘rishga olib keladi. Doimiy yoqimsiz tushlar tashvish yoki uyqu buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar tushlar jismoniy yoki ruhiy sog‘lig‘ingizga ta’sir qilsa, shifokorga murojaat qilishingiz kerak.