Olimlarni Peruda o‘zga sayyoraliklar mavjud deb ishontirishga harakat qilishdi

O‘zga sayyoralik tsivilizatsiyalar mavjudligi va hatto ularning taxminiy dalillari haqidagi xabarlar vaqti-vaqti bilan Internetda paydo bo‘lmoqda.

Olimlarni Peruda o‘zga sayyoraliklar mavjud deb ishontirishga harakat qilishdi

Xuddi shu tasdiq bilan Perudagi o‘zga sayyoraliklar haqida xabar bergan va hatto ularning jasadlarini taqdim etgan ufolog Xayme Maussan ham chiqish qilgan. Bu haqda Meksikaning “El Pais” nashri yozgan.

Factchecknet.uz ma’lumotlarni tekshirib ko‘rdi.

HUKM: YOLG‘ON

2023-yil noyabr oyida Meksika Qo‘shma Shtatlar Bosh Kongressi go‘yoki Peruda topilgan o‘zga sayyoraliklar jismlari bo‘yicha ikkinchi tinglovni o‘tkazdi.

Maussan ekspert sifatida Peruning Ika shahridagi Aloiziy Gonzaga Milliy universiteti antropologi Rojer Zunigani taklif qildi. Olimning aytishicha, “bu mavjudotlarning jismoniy yoki biologik shakllanish jarayonlarida insonning hech qanday aralashuvi yo‘q”.

Shu bilan birga, boshqa olimlar mumiyalarni yerdan tashqaridagi mavjudotlar deb hisoblamasliklari haqida fikr bildirdilar. Obyektlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, ularning kosmosdan ekanligini tasdiqlovchi belgilari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Peru prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi ularda yelim, qog‘oz, metall, shuningdek, hayvon va inson suyaklari izlarini topdi. Ular “bu organik qismlardan yelim yordamida yig‘ilgan qo‘g‘irchoqlar”, degan xulosaga kelishdi.