Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yil 1-iyuldan boshlab Hududiy elektr tarmoqlari tizimida shaxsiy hisob-raqam orqali uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun yagona shaxsiy hisob-raqam joriy etilishi rejalashtirilgani haqida xabar paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, elektr energetika sohasida tizimni takomillashtirish maqsadida yagona billing platformasi ishlab chiqilmoqda. Uy xo‘jaliklarida “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatish orqali elektr energiyasi iste’molini hisobga olish avtomatlashtiriladi.
Bundan tashqari, mobil ilova yaratilib, u orqali iste’molchilar o‘z to‘lovlari, elektr energiyasi iste’moli va avariya holatlari haqida ma’lumotlarni onlayn rejimida olishlari mumkin bo‘ladi.
Bu xabarga bloger Shuhrat Qurbonov e’tibor qaratdi.
“1-iyuldan boshlab kommunal to‘lovlar uchun yagona shaxsiy hisob-raqam joriy etilishi va Hududiy elektr tarmoqlari tizimidagi shaxsiy hisob-raqam orqali istalgan uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirish mumkinligi haqidagi xabarni hamma repost qilmoqda”, — deb yozadi u.
Qurbonovning taʼkidlashicha, bu feyk va “koʻp yillar davomida elektr energiyasi uchun onlayn toʻlash mumkin va 1-iyulni kutish shart emas”.

e-gov.uz
Factchecknet.uz bu ma’lumotni tekshirib ko‘rdi.
HUKM: FEYK
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 1-fevral kuni raddiya e’lon qildi, unda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati xodimining intervyusini ayrim ijtimoiy tarmoqlar ma’murlari noto‘g‘ri talqin qilgani tushuntirildi.
Xabarda qayd etilishicha, intervyuda soha vakillarining o‘zaro munosabatlari hamda 30-yanvar kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingan.
Xususan, intervyuda bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan yangi billing tizimi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasi iste’molchilari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi hisobini yuritish uchun dasturiy ta’minot ekanligi haqida ma’lumot berilgan.