Oshxona gubkasida 50 milliard bakteriya bo‘ladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda oshxona gubkalari bakteriyalarning jiddiy manbai bo‘lishi mumkinligi, bu esa turli kasalliklar, jumladan, ichak infektsiyalari xavfini oshirishi haqida xabarlar mavjud.

“Tadqiqotlarga ko‘ra, bitta gubkada 50 milliardgacha bakteriya bo‘lishi mumkin”, — deyiladi hisobotda.

HUKM: ROST

Nam, havodor va oziq-ovqat chiqindilari bilan to‘la gubkalar mikroblar uchun ajoyib makondir. Bu gubkalar har bir kub santimetrda 54 milliardgacha bakteriyalar mavjud bo‘ladi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, gubkalarning tuzilishi, ularning ko‘plab teshiklari va bo‘shliqlari turli xil bakteriyalarning shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi va turli xil mikrob populyatsiyasini o‘z ichiga oladi.

Oshxona gubkalarida topilgan ko‘pchilik bakteriyalar odatda sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi. Ammo xom tovuqdan olingan salmonellalar kabi xavfli bakteriyalar paydo bo‘lsa, gubkalarning tuzilishi ularga omon qolishga yordam beradi. Bu gubkalar infektsiyaning potentsial xavfini keltirib chiqarishi mumkinligini anglatadi.

Mutaxassislar, shu jumladan mikrobiologlar, oshxonada xavfsizroq muhitni ta’minlash uchun oshxona gubkalarini muntazam ravishda almashtirishni va idish-tovoq cho‘tkalari kabi muqobil mahsulotlardan foydalanishni tavsiya qiladi.

Oshxona gubkasida 50 milliard bakteriya bo‘ladimi?

O‘zaro ifloslanish va bakteriyalar tarqalishini oldini olish uchun bitta gubkani turli maqsadlarda ishlatishdan qochish ham muhimdir.