“Uzamax” kapsulalari 7-8 sm o‘sishga yordam bermaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda odam bo‘yini oshirishiga va’da beradigan dorilar faol tarqalmoqda.

Shulardan biri “UZAMAX” kapsulalari bo‘lib, go‘yoki bir oyda odamning bo‘yini 7-8 santimetrga oshirar emish.

HUKM: YOLG‘ON

“Uzamax” kapsulalari 7-8 sm o‘sishga yordam bermaydi

Reklamadagi da’volar hech qanday ilmiy asosga ega emas va tadqiqot orqali tasdiqlanmagan.

Bunday nomdagi dori vositasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” tomonidan dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikasiga berilgan muvofiqlik sertifikatlarini monitoring qilish axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.

“Uzamax” kapsulalari 7-8 sm o‘sishga yordam bermaydi

Qanday omillar bo‘y o‘sishiga ta’sir qiladi?

Bo‘yingiz o‘sishi asosan genlar tomonidan belgilanadi. Sizning DNKingiz bo‘yingiz qanday bo‘lishini taxminan 80%ga belgilaydi. Darhaqiqat, olimlar odamning bo‘yini belgilovchi 700 dan ortiq noyob genetik variantlarni aniqladilar.

Qolgan foizlar odatda ma’lum ekologik omillarga, masalan, parhez va jismoniy mashqlar va qomatga bog‘liq.

Ikki yoshga to‘lgandan so‘ng, bolalar yiliga doimiy tezlikda taxminan 6-8 sm o‘sadi.

Balog‘at yoshiga yetganida, odam tezroq o‘sadi. Biroq, har bir kishi har xil tezlikda o‘sadi. Qizlar uchun bu o‘sish sur’ati odatda o‘smirlik davrida boshlanadi.

O‘g‘il bolalar o‘smirlik davriga qadar bo‘yning keskin o‘sishini sezmasligi mumkin. Odatda, balog‘atga yetganidan keyin odamlar o‘sishdan to‘xtaydilar.

Bu shuni anglatadiki, katta yoshda bo‘yingizni ostirishingiz dargumon.Me’yorida ovqatlanish, yetarlicha uxlash, faol va yaxshi holatda turish bilan bo‘yingizni saqlab qolishingiz mumkin. Ammo bo‘yni o‘stirishga imkon beradigan “tasdiqlangan usullar‘, ‘samarali kapsulalar‘ yo‘q.