O‘zbekistonda turmush o‘rtog‘ining “miyasini egovlagani” uchun jarima bormi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda turmush o‘rtog‘ini “miyasini egolagani” uchun yetti million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi belgilangani haqida xabar tarqalmoqda.

“Erining asabiga tegib, uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, sog‘lig‘iga putur yetkazgan xotinlar 59-moddaga asosan BHMning 20 baravarigacha jarimaga tortilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

HUKM: YOLG‘ON

O‘zbekistonda turmush o‘rtog‘ini “asabini o‘ynatgani” uchun moliyaviy jazo yoki shunga o‘xshash ma’muriy choralar yo‘q.

“Asabni o‘ynatgani” uchun yetti million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkaga qamoqqa olinishi haqidagi ma’lumotlar soxta bo‘lib, vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalmoqda.

Bunday xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatni aks ettirmaydi.

Xabarlarda tilga olingan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasida mutlaqo boshqa narsa ko‘zda tutilgan – qasddan badanga shikast yetkazish yoki sog‘likka boshqa shikast yetkazish haqida gap boradi.

O‘zbekiston qonunchiligida “miyani egovlaganlik” uchun jazo nazarda tutilgan qoidalar yo‘q.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.