Diyora Keldiyorovaga “Tahoe” mashina, 200 000$ pul sovg‘a berildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda dzyudo sport turi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorovaga bir qancha sovg‘alar berilganligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. “Diyora Keldiyorovaga Prezident tomonidan “Tahoe” avtomashinasi, 200 000$ pul, Toshkent shahar hokimi tomonidan esa Toshkent Citydan 3 xonali kvartira va 100 000$ pul sovg‘a qilindi”, – deyiladi xabarda.

Factchecknet.uz mazkur xabarni tekshirib koʻrdi.

HUKM: ROST
O‘zbekiston delegatsiyasi “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari dzyudochisi Diyora Keldiyorova (-52 kg) finalda “Tokio – 2020” yozgi Olimpiya o‘yinlarining -52 kg vazn toifasidagi chempioni kosovolik Distriya Krasnichini mag‘lubiyatga uchratdi. 12-avgust oqshomida Parijdan yetib kelgan dzyudo sport turi bo‘yicha oltin medal sohibi Diyora Keldiyorovaga 200 ming AQSh dollari miqdirida pul mukofoti, “Tahoe” rusumli avtomobili va ikki qavatli kottej berildi. “Prezident sovg‘asi” deb yozilgan mukofotlarni Bosh vazir va Senat raisi topshirdi.

Diyora Keldiyorovaga “Tahoe” mashina, 200 000$ pul sovg‘a berildimi?

“Parij – 2024” yozgi olimpiada chempionlariga oltin medalni qo‘lga kiritganlarga quyidagi sovg‘alar berildi:

  • 200 ming AQSh dollari;
  • “Tahoe” avtomobili;
  • ikki qavatli kottej.

Kumush medal olganlarga:

  • 100 ming AQSh dollari;
  • “BYD Song Plus EV Champion Flagship” avtomobili;
  • xonadon.

Bronza medal olganlarga:

  • 50 ming AQSh dollari;
  • “BYD Song Plus DM-I Champion Flagship “avtomobili;
  • xonadon.

O‘zbekiston Parijda bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga jami 90 nafar sportchini yuborgandi. Ular musobaqada 13 ta medal (8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi. Respublika medallar hisobida 206 davlat orasida 13-o‘rin, Markaziy Osiyo, MDH, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar orasida 1-o‘rin, Osiyo bo‘yicha esa 4-o‘rinni (Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin) egalladi.

Muhim eslatma: Diyora Keldiyorova Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik dzyudochiga aylandi. Shuningdek, 16 yil deganda o‘zbekistonlik ayol sportchi yana olimpiya shohsupasiga ko‘tarildi.

Diyora Keldiyorovaning faoliyatidagi yutuqlar:

  • Nankin-2013. Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo O‘yinlari bronza medali sohibi (-44 kg);
  • Kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati – 2015 oltin medali sohibi (-48 kg);
  • O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati – 2018 bronza medali sohibi (-48 kg);
  • Osiyo chempionati g‘olibi (-52 kg) – 2019 va 2022-yillar;
  • Osiyo O‘yinlari g‘olibi (-52 kg) – 2023-yil;
  • Jahon chempionati kumush medali sohibi (-52 kg) – 2023 va 2024-yillar;
  • Katta dubulg‘a turniri 5 karra g‘olibi (-52kg) – 2021, 2022 (2 marta), 2023 va 2024-yillar;

Davlat mukofotlaridan  Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, “Kelajak bunyodkori” medali va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi.