Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ayollarga og‘ir yuk ko‘tarish mumkin emas. Unda aytilishicha, og‘ir yuk ko‘tarishdan yuzaga keladigan muammolar oxir-oqibat siydik tutish bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ladi.
Factchecknet.uz ushbu xabarni tekshirdi.
HUKM: QISMAN ROST
Mavjud tadqiqotlar og‘ir atletika, og‘ir yuk ko‘tarishning ayollarga ta’sirini o‘rganadi. Siydikni tutib turolmaslik jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan ayollar orasida keng tarqalgan muammo. Bu hodisa trampolin yoki og‘ir atletika kabi yuqori ta’sirli mashg‘ulotlar paytida tez-tez uchraydi. Tadqiqotlar siydikni tutib turolmaslikni boshdan kechirayotgan ayollar jismoniy mashqlarni butunlay tark etishga moyilligini ko‘rsatadi.
Boshqa bir tadqiqotga ko‘ra, tajribali og‘ir atletikachilarning 32 foizi siydikni tutib turolmaslik muammosini boshdan kechirgan. Ba’zi sportchilar hattoki bu jarayonning oldini olish uchun suv iste’molini cheklashlarini tan oladilar. Bu jarayon bevosita tos bo‘shlig‘i mushaklarining zaifligi bilan bog‘liq. Shuningdek, jismoniy mashqlar paytida siydik tuta olmaslik uchun xavf omillari orasida semizlik, chekish, yugurish yoki sakrash, surunkali yo‘tal, tug‘ruq va tos a’zolaridagi jarrohlik operatsiyalari bor.
Mavzu yuzasidan ilmiy manbalar:
- https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC8651931/
- https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC8455376/
- https://www.ics.org/2023/abstract/282
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling