Fastfud umrni uzaytiradimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda fastfud go‘yoki umrni uzaytirishi haqida xabar paydo bo‘ldi.

Bunday xulosaga AQShning 100 yoshli fuqarosi o‘zining yubileyini McDonald’sda nishonlagani haqidagi xabardan kelib chiqishdi.

Fastfud umrni uzaytiradimi?

Factchecknet.uz ushbu xabarni tekshirdi.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Shunga o‘xshash maqolalar Internetning rus segmentida ham chop etilgan (1, 2, 3). Yangilik dastlab Amerika ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘ldi.

Yubiley sohibi Zan Uayt “WDTV” telekanaliga 36 yildan beri McDonald’sga qatnaganini aytdi. U, shuningdek, Ikkinchi Jahon urushi paytida radarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmat qilishini hisobga olmaganda butun umri davomida Elkinsda yashaganini eslab o‘tdi.

Uzoq umr ko‘ruvchi bu inson hatto do‘stlar klubini tashkil qildi, ular

ushbu muassasada nonushta qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladilar. U uzoq umr ko‘rish sirini fastfud bilan bog‘lamadi,

bu haqdagi savol javobsiz qoldi.

Aytgancha, McDonald’s vaqti-vaqti bilan uzoq umr ko‘ruvchilarni sharaflaydigan tadbirlarni tashkil qilib turadi. Bu yerda ular Massachusetslik xodim Morris Millerni tabriklashayotgan edi va bu yerda esa Pensilvaniyadan Rut Shusterning 100 yilligi haqida gaplirishgan.

Haqiqatan ham uzoq umr ko‘ruvchi odam o‘zining yubileyini fastfudda nishonlagan holati bo‘lganiga qaramay, bunday taom umrni uzaytiradi, degan xulosa asossizdir.

Topikstarterlar transyoglar va uzoq umr ko‘rish o‘rtasida bog‘liqlikka ishora qiladilar, ammo oxirgi ko‘rsatkichga bir nechta omillar ta’sir qiladi. Bularga jismoniy tayyorgarlik, genetik moyillik, ekologiya va boshqalar kiradi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi JSST maʼlumotlariga tayanib, ushbu xalqaro tashkilot fastfudni semirishning beshta asosiy xavflari reytingiga kiritganini taʼkidladi.

Bundan tashqari, olimlar fastfudni muntazam iste’mol qilish odamning qonida shakarning tez-tez ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Bu oshqozon osti bezining normal faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa o‘z navbatida II tipdagi qandli diabetga yoki tana hujayralarining insulin ta’siriga sezgirligini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Ha, fastfud umrni uzaytiradi, degan xabar auditoriya e’tiborini tortadi. Biroq, bu bayonot hech qanday daliliy asosga ega emas.