Hindiston savodsiz aholi uchun yangi tangalar chiqarishi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hindistonda aholining 35 foizi savodsizligi tufayli tangalar shunday yasaladi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. 

Bir qarashda rostan ham tangalar tushunmaydigan odam uchun qo’l harakatlari bilan tushintirayotganga o’xshardi. Biz tangalarning asl ko’rinishi shunday yoki yo’qligini tekshirib ko’rmoqchi bo’ldik. 

Hindistonning manbalardan biri orqali tangalarning rostan ham shunday ko’rinishda ekanligini aniqladik. Ammo bu tangalar bir qancha yillar avval foydalanilgan va eski bo’lganligi uchun “Reserve bank of India” uni yangi banknotalar evaziga yig’ib olayotgan ekan. Ya’ni ular foydalanishdan chiqarilgan, eski tangalar. 

Tangalardagi belgi aslida nimani anglatadi?

Eski tangalardagi qo’l belgilarining hammasi hindlarning “Bharatanatyam” raqsidan olingan. Harakatlar shu raqsning pozitsiyalari va pul qiymatini ifodalashga aloqasi yo’q.

Bu Hindistonda aholining 35% xalqi savodsizligi tufayli tangalar shunday yasaladi degan jumlaning notog’ri, FEYK ekangligini anglatadi.

Ma’lum bo’lishicha eski tangalarning tarkibida 83% temir va 17% xrom mavjud. Hozirga kelib bu tangalar foydalanishdan to’xtagan hisoblanadi va quyida hozirda amaldagi 14 xil tangani ko’rishingiz mumkin.

Hindiston savodsiz aholi uchun yangi tangalar chiqarishi rostmi?

E’tibor bergan bo’lsangiz bu tangalarning hammasida bitta belgi mavjud.

Endilikda amaliyotdagi tanagalarni 15 iyul 2010 yilda Hindiston hukumati tomonidan qabul qilingan va iste’molga kiritgan  ushbu belgi orqali ajratib olish mumkin.