Bir litr suvda 240 ming nanoplastik zarrachalar bormi?

Internetda plastik butilkalardagi suvda ilgari taxmin qilinganidan 100 baravar ko‘p nanoplastik zarrachalar bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda.

Xabarda aytilishicha, “ularning inson salomatligi uchun xavfi “tarixan yetarlicha baholanmagan”.

HUKM: QISMAN ROST

“Proceedings of the National Academy of Sciences” jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotga ko‘ra, bir litrli butilkadagi suvda o‘rtacha deyarli chorak million nanoplastik zarrachalari mavjud.

Ushbu  mikrondan kichik o‘lchamdagi zarrachalar ko‘pincha chang donasining kichik bir qismidir. Kolumbiya universiteti biofizigi va tadqiqot hammuallifi Vey Minning aytishicha, yangi tadqiqotda olimlar butilkaga solingan suvdagi nanoplastik zarrachalar miqdori ilgari taxmin qilinganidan 10-100 baravar yuqori ekanligini ko‘rsatadigan yangi vizualizatsiya texnikasini ishlab chiqdilar.

“Agar ularning atrof-muhitni ifloslantiruvchi sifatidagi salohiyati haqida o‘ylansa, u juda kattadir”, — dedi u.

Biroq, oziq-ovqat, ichimliklar va hatto tanamizda mikroplastik deb nomlanuvchi nanoplastikalar va biroz kattaroq zarrachalar tobora ko‘proq topilayotgan bo‘lsa-da, ularning sog‘lig‘imizga ta’siri hali ham aniq emas.

Suvdagi nanoplastiklar sog‘likka zarar yetkazishi mumkinmi?

Tadqiqotchilarda bu zarralar bizning sog‘lig‘imizga qanday ta’sir qilishi haqida hali aniq dalillar yo‘q. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ular gematoentsefalitik to‘siqdan o‘tib, siydigimizda topilishi mumkin.

Mayo klinikasida jigar kasalliklarida atrof-muhit omillarining rolini o‘rganuvchi gastroenterolog Konstantinos Lazaridis shunday deydi: “Ammo to‘qimalarda ma’lum bir mikro- yoki nanoplastik mavjudligi uning zarar yetkazishini anglatmaydi”.
“Plastikning mayda zarrachalari ko‘pchilik odamlarning tanasidan zarar keltirmasdan o‘tib ketishi ehtimoli ham mavjud”, — deydi doktor Lazaridis.