Sog‘lom turmush tarzi haqida ko‘plab afsonalar mavjud. Odamlar ko‘pincha moda tendentsiyalariga rioya qilib, ularning aniqligini tekshirmasdan, nima foydali va nima zararli ekanligini chalkashtirib yuborishadi.
Biz nima haqiqat va nima to‘qima ekanligini aniqlashga qaror qildik. Sizga sog‘lom turmush tarzi haqidagi keng tarqalgan afsonalar haqida tasdiqlangan ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz.
1-afsona. Tong — mashq qilish uchun eng yaxshi vaqt
Tongda mashq qilish energiyaga olishga yordam bergan bo‘lsa-da, siz kun davomida mashq qilish uchun tanlagan vaqt muhim emas.
Siz saharda turadigan odam bo‘lasizmi yoki kech uyg‘onasizmi, shunchaki kundalik ishlaringizga mos keladigan vaqtni tanlaganingiz ma’qul. Shunday qilib, mashqlar odat tusiga kiradi. Asosiysi, erta uyg‘onish bilan o‘zingizni qiynashdan ko‘ra, izchil bo‘lish va mashg‘ulotlarni afzal ko‘rish to‘g‘ri.
2-afsona. Fastfud iste’mol qilish zararli
Fastfudning kaloriyasi yuqori va tanaga zararli bo‘lishi mumkinligini inkor qilmaylik, buni o‘zingiz ham bilasiz.
Eslatib o‘tamiz, chizburger, kola va sousli kartoshka frining standart yeguligi jami 850-900 kkalni tashkil qiladi. Vaholanki, vazn ortishi oziq-ovqatdan emas, balki uning miqdori va sifatiga bog‘liq.
Ilgari veb-saytimizda fastfud hayotni uzaytirishi haqiqatmi yoki yo‘qmi, degan fakt-chek e’lon qilingan edi.
3-afsona. Kuniga ikki-uch litr suv ichish kerak
Albatta, suv sizga hech qanday zarar keltirmaydi, lekin ko‘p miqdorda har qanday narsa zararli bo‘lishi mumkin. Boshqa barcha ichimliklarni chiqarib tashlasangiz ham, siz sabzavot va mevalarni iste’mol qilasiz va shu bilan suv olasiz. Agar siz haddan tashqari ko‘p suv ichsangiz, bu hiponatriyemiyaga, ya’ni tanadagi tuzlarning etishmasligiga olib keladi. Bu yurak-qon tomir va boshqa jiddiy kasalliklar xavfini sezilarli darajada oshiradi.
4-afsona. Vitaminlar va BADlar albatta zarur
Agar atrofingizdagi hamma magniy/temir/tsink ichishni boshlasa, bu eng yaqin dorixonaga yugurishingiz kerak degani emas. Tanadagi ba’zi vitaminlar va mikroelementlarning ko‘payishi yoki kamayishi uning holatiga: organ tizimlarining ishlashi, immunitet tizimining holati va psixikaga ta’sir qilishi mumkin.
Shuning uchun vitaminlar yoki BADlarni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashish va kerakli tahlillarni o‘tkazish juda muhimdir.
5-afsona. Shakarni uni o‘rnini bosuvchi mahsulotga almashtirish kerak
Shakar o‘rnini bosuvchilar dastlab diabetga chalinganlar uchun yaratilgan. Ushbu mahsulotlarni oz miqdorda iste’mol qilish xavfsizdir. Shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni qisqa vaqt ichida yoki vaqti-vaqti bilan iste’mol qilish yaxshi. “Past miqdordagi shakar” yoki “shakarsiz” deb nomlangan gazak eng to‘yimli tanlov bo‘lmasligi mumkin. Meva va sabzavotlar kabi to‘liq oziq-ovqatlar odatda organizm uchun eng yaxshi ozuqaviy birikmani ta’minlaydi.
6-afsona. Sog‘lom bo‘lish uchun chiniqish kerak
Kontrastli dushni iliq suv bilan boshlash, vaqt o‘tishi bilan sovuqroq qilish, lekin bir kun ichida haroratni to‘satdan o‘zgartirmaslik yaxshiroqdir. Bunday muolajalar ba’zilar uchun, masalan, qalqonsimon bez, yurak va buyrak kasalliklari bo‘lgan odamlarga to‘g‘ri kelmaydi.
“Muzdek vanna qabul qilishdan oldin kasallik tarixi va holatingizni tushunish darkor, bu holatga qanday ta’sir qilishini aniqlash kerak. Agar muzdek vannani xavfsiz qabul qila olishingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, siz uchun ehtimoliy foyda va xavflarni aniqlash uchun shifokoringiz bilan gaplashing”, — deydi tibbiyot fanlari doktori Xorxe Korso.