“Google Factcheck Explorer” bilan feyklarni fosh etamiz

Faktlar tekshiruvi sohasida faoliyat boshlagan muallif bu yo‘nalishda qo‘l keladigan usullar, yo‘nalishlar va isntrumentlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi muhim. Bu uning ishini yengillashtiradi. Shu boisdan saytimizda faktchek materiallar bilan bir qatorda soha bilan bog‘liq ta’lim imkoniyatlari va faktchekingda kerak bo‘ladigan instrumentlar haqida ham yozib boramiz. 

Bugun ham siz bilan ana shunday instrumentlardan birini ko‘rib chiqamiz.

Fact Check Explorer qanday ishlaydi?
“Google” o‘zining faktchek materiallari uchun alohida qidiruv oynasiga ega. https://toolbox.google.com/factcheck/explorer havolasi orqali siz bu oynaga o‘ta olasiz.

“Google Factcheck Explorer” bilan feyklarni fosh etamiz

Qidiruv orqali siz o‘zingiz qiziqayotgan yoki izlayotgan mavzu bo‘yicha faktchek materiallarni topa olasiz. Masalan, “Uzbekistan” kalit so‘zi orqali izlash sizga O‘zbekiston so‘zi ishtirok etgan yoki O‘zbekiston bilan bog‘liq faktchek materiallar ro‘yxatini taqdim etadi. Tillar bo‘limidan o‘zingizga kerakli tilni tanlashingiz mumkin.

“Google Factcheck Explorer” bilan feyklarni fosh etamiz

“Spark”da olib yurilgan 25 nafar bola voqeasidan keyingi feyklar” sarlavhasi ostidagi maqolamiz aynan “Google Factcheck Explorer” yordamida yozilgan. 

Shuningdek, jahon hamjamiyati bilan aloqador xabarlarni tekshirishda ham bu manbaga murojaat qilish qo‘l kelishi mumkin. Boshqa nashrlar siz izlagan mavzuda ilgari tekshirish olib borgan bo‘lishlari mumkin.

Fact Check Explorer dasturi butun dunyo bo‘ylab faktlarni tekshirishda jurnalistlar va tadqiqotchilarning ishini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xususan, “Google” sohani o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun bir qancha o‘quv dasturlarini taklif qiladi.

Internetda har kuni millionlab yangi maqolalar chop etiladi. Afsuski, ularning hammasi ham haqiqat emas, bu jurnalistlar uchun faktni yolg‘ondan ajratishni qiyinlashtiradi. Fact Check vositalari jurnalistlarga yolg‘on yoki chalg‘ituvchi da’volarni rad etuvchi maqolalarni topishga yordam beradi.