Taqiqlangan ixtirolar: rost yoki yolg’on?

YouTube’dagi “Bekipedia” kanalida “Nega bu ixtirolar taqiqlangan?” nomli videomaterial tarqaldi. 600 ming martadan ko’proq ko’rilgan bu kontentda bir paytlar yaratilgan, asos solingan, biroq hozirga kelib esa unutilgan, unuttirilgan kashfiyotlar haqida so’z boradi. Xususan, unga ko’ra, Rayf ismli olim yaratgan qurilma saratonni davolay olgan, biroq dori kompaniyalarning ustun qo’yilgan manfaatlari sababli u amaliyotga tatbiq etilmagan.

Factchecknet.uz ushbu ma’lumot tekshirib ko´rdi.

HUKM: YOLG’ON

Ma’lumot o’rnida aytish mumkinki, 2017-yil kun.uz nashrida “Biz hech qachon qaytib ko’rmaydigan 10 buyuk kashfiyot” sarlavhasi ostida maqola chop etilgan. Hi-news.ru nashridan olingan maqolaning tarkibi “Bekipedia” tarkibi bilan o’xshash, ya’ni bu maqolada ham Rayfning saratonga qarshi qurilmasi haqida so’z boradi. “Hi-news” nashri esa, o’z navbatida, maqolani “Listverse” nashridan tarjima qilgan. 

“Listverse”dagi maqola Jemi Frater ismli muallif tomonidan faktchek qilingan deb ko´rsatilgan,  ammo bu ma’lumotlarni ishonchli deya olmaymiz.

Taqiqlangan ixtirolar: rost yoki yolg’on?

Sababi maqolada keltirilgan Reyfning ixtirosi haqidagi qismga tegishli yagona manba o’quvchini “Cancer Research UK” sahifasiga yo’naltiradi. Mazkur sahifada esa, Reyf mashinasi saratonni davolashini isbotlovchi ishonchli manba yo’q deyilgan.

Taqiqlangan ixtirolar: rost yoki yolg’on?

“Reuters” nashri faktchekerlariga ko’ra ham Rayfning mashinasi saratonni davolaganligiga isbot yo’q.
Saratonni davolovchi uskuna haqidagi feyklar tez-tez boshqa tarmoqlarda ham ko’zga tashlanadi. Xususan, mana bu postni Facebook feyk sifatida qayd etgan.

Taqiqlangan ixtirolar: rost yoki yolg’on?

O’xshash mazmundagi kontent 2019-yilda Twitterda tarqalgan. Instagram ham kontentni feyk ma’lumot sifatida belgilagan.

AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) saraton kasalligini davolash uchun Rayf mashinasi tasdiqlamagan. FDA veb-sayti, shuningdek, «saratonning barcha shakllarini» davolashga da’vo qiladigan har qanday mahsulotlardan ogohlan bo’lishga chaqiradi.

“Full Fact” nashri faktchekerlari ham Rayf mashinasi saraton kasalligini davolagani haqida yetarli dalillar yo’q degan xulosaga kelgan.

Faktcheknet kontent yaratuvchilarni aholi orasida ommaviy norozilik keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan yolg’on ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiradi.