Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning haydovchilik guvohnomalari muddati tugatilayotgani haqida yozilmoqda. 1-apreldan boshlab ular tan olinmasligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
“Bu Belarus fuqarolaridan tashqari barcha mamlakatlardan kelgan migrantlarga tegishli. Qonun 2024-yil 1-apreldan kuchga kirgan. Bundan buyon migrantlar avtotransport haydamoqchi bo‘lishsa, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga asosan qayta imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
HUKM: MANIPULYATSIYA
Xabarda to‘liq bo‘lmagan, chalg‘ituvchi ma’lumotlar keltirilgan. Biroq, u yerda haqiqatga mos keladigan ba’zi ma’lumotlar ham mavjud. Keling, ushbu xabarning tagida nima yotganini va vaziyat aslida qanday ekanini ko‘rib chiqaylik.
Ha, 1-aprel kuni Rossiyada “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi federal qonunga o‘zgartirishlar kuchga kirdi. U 2023-yil iyul oyida imzolangan va nashr etilgan.
Ha, guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi, ammo buning ayrim shartlari bor:
1. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs Rossiya Federatsiyasining yashash uchun ruxsatnomasini yoki fuqaroligini olgan yoki olgan kundan boshlab bir yil.
2. Chet el fuqarosi haydovchilik guvohnomasini olgandan keyin Rossiyaga birinchi kirgan kundan boshlab bir yil.
Istisnolarga Belarusda berilgan milliy haydovchilik guvohnomalari kiradi.
Shunday qilib, yashash uchun ruxsatnoma yoki Rossiya fuqaroligini olish, shuningdek, mamlakatga kirishdan keyin o‘tgan vaqtni hisobga olish kerak. Bu 1-apreldan vatandoshlarimizning haydovchilik guvohnomalari tan olinmaydi, degani emas. O‘zgartirishlar nafaqat o‘zbekistonliklarga, balki boshqa mamlakat vakillariga ham tegishli.
Ilgari Rossiya ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga tayangan holda, shuningdek, xorijiy milliy va xalqaro haydovchilik guvohnomalari ushbu federal qonun kuchga kirgan kundan boshlab bir yil o‘tgach (2024-yil 1-aprel) Rossiya Federatsiyasi hududida transport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy emas deb e’tirof etilgan.
Imtihon jarayoni ham o‘zgaradi. Bu imtihonni qayta topshirish muddatiga taalluqlidir, bundan tashqari, xorijiy haydovchilik guvohnomasi egalari nazariy imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ham kengaytirildi.
O‘zgartirishlar tashabbuskorlari shu tariqa, yashash uchun ruxsatnoma yoki fuqarolikni olgan, lekin o‘z guvohnomalarini yangilamagan va tibbiy ko‘rikdan bo‘yin tovlayotgan chet elliklar uchun qoidalarni tartibga solishni rejalashtirgan.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.