Raqamli hukumatning “muvaffaqiyatsiz” loyihalari


Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan ishlab chiqilgan Raqamli hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri O‘zbekiston raqamli hukumatiga tegishli loyihalar ro‘yxatini o‘zida mujassam qiladi. Reyestrdan 724 ta loyiha o‘rin olgan. Ularning ayrimlari o‘z muddatida amalga oshmagan, ayrimlari mukammal bo‘lmagan holatda ishga tushirilganligi haqida factchecknet.uz bir necha oylardan buyon batafsil yozib keladi.

Raqamli hukumatning “muvaffaqiyatsiz” loyihalari

Bugun bir qancha loyihalarning amalga oshish jarayonini sarhisob qilamiz. Quyidagi reyestrdan o‘rin olgan bir qancha loyihalarda ularga biriktirilgan loyihaning rasmiy sahifasiga olib o‘tuvchi havolalar ishlamaydi. 

  1. Davlat ekologik ekspertiza jarayonida hujjatlarni elektron ravishda qabul qilish va elektron xulosalarni berish loyihasi. Loyihaga biriktirilgan havola – http://www.eco-service.uz/;
  2. Maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni qabul qilishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tizimi loyihasi.  Loyihaga biriktirilgan havola – http://94.158.54.197:8092/;
  3. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat xizmatlarini elektron shaklda taqdim etish axborot tizimi loyihasi. Loyihaga biriktirilgan havola – http://app.uznature.uz/;
  4. “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo‘linmalarning avtotransport vositalari va maxsus texnikalar harakatini kuzatishning avtomatlashtirilgan GPS tizimi loyihasi. Loyihaga biriktirilgan havola – http://transport.ung.uz:8000/;
  5. “O‘zbekneftgaz” AJ aksiyadorlariga dividendlar to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasi. Loyihaga biriktirilgan havola – https://shareholders.ung.uz/%20(в%20локальной%20сети);
  6. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi loyihasi. Loyihaga biriktirilgan havola – http://dicore.uz:9009/;
  7. Suv resurslarini tezkor boshqarishning vaziyatlar markazi uchun axborot tizimi loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – https://nwmis.uz;
  8. Yerlarning sho‘rlanish darajasi va meliorativ holatini monitoring qilish axborot tizimini yaratish loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – http://mis.samar.uz/land/map ishlaydi, biroq undan hech qanday ma’lumot olish imkoni mavjud emas;
  9. “Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar hisobini yuritish” axborot tizimi loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – http://decl.lan:81/declaration/home;
  10.  Uy-joy kommunal sohasida loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash, qurilish obyektlari tenderlarini o‘tkazish, qurilish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha dasturiy ta’minotni amaliyotga joriy etish loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – https://qurilish.mjko.uz/;
  11.  Bolalar bog‘chasi namunaviy axborot tizimi loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – http://emis.mdo.uz/;
  12.  “Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida XABARDOR avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – http://www.licaoka.uz/;
  13.  Sertifikatlash uchun dastlabki arizani topshirish uchun onlayn xizmat, shuningdek, aviatsiya xodimlari sertifikatlarining amal qilish muddatlari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyati loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – https://ovs.uzcaa.uz/;
  14.  UAVlarni vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish uchun vazirlik va idoralarning arizalarini yuborish va muvofiqlashtirish uchun yagona idoralararo elektron platforma loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – https://bla.uzcaa.uz/;
  15.  Obodonlashtirish jarayoni ishtirokchilari faoliyatini uslubiy, tashkiliy, me’yoriy va huquqiy ta’minlash, shuningdek, tartibga solishning yagona tizimidan foydalanadigan tarmoq standartlari va texnik reglamentlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan dasturiy-texnik vositalar majmuidan iborat “Obod hudud” axborot tizimi loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – http://obodhudud.uz/uz;
  16.  “Ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish faoliyatini kompleks avtomatlashtiruvchi axborot tizimi” loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – https://nostr.tdi.uz/;
  17.  Elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasini modernizatsiya qilish loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – http://de.egov.uz/; 
  18.  “Sport bolalar nigohida” veb-portali loyihasi. Loyihaga biriktirlgan havola – http://kids.sport.uz; 

Izoh: Yuqoridagi ro‘yxat nomi sanab o‘tilgan loyihalar mutlaqo amalga oshmagan degan xulosani bermaydi. Biriktirilgan havolalar orqali loyiha passporti, mas’ul tashkilot, normativ-huquqiy asos kabi ma’lumotlarni o‘rganish mumkin.

Factchecknet.uz reyestr loyihalari ijrosini o‘rganishda davom etadi.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.