“Sunnat qildirish” haqida miflar

“Sunnat qildirish” — xatna qilish bugungi kunda nafaqat diniy, balki tibbiy protsedura ham sanaladi. Farzandlarining tobora kamroq ruhiy, jismoniy travmalar bilan ulg‘ayishini istayotgan ota-onalar ixtiyoriy ravishda xatna qildirishdan voz kechayotganligini kuzatish mumkin. 

Factchecknet.uz bugun xatna qilish jarayoni bilan bog‘liq miflarni ko‘rib chiqadi.

1-mif: Xatna qilish sog‘liq uchun foyda keltirmaydi.

Fakt: Xatna jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar va boshqa sog‘liq bilan bog‘liq muammolar xavfini kamaytiradi.

Ko‘plab tadqiqotlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni “sunnat qilish” siydik yo‘llari infeksiyalari (UTI), jinsiy a’zo saratoni va ba’zi jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (STI), xususan, gerpes va odam papilloma virusi (HPV) kabilar xavfini kamaytiradi.

2-mif: Farzandim o‘zi xatnaga qaror qilguncha kutishim kerak.

Fakt: Erta sunnat qildirishning foydalari bor. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni sunnat qilish bolaning yoshi ulg‘aygan sari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan UTI va boshqa jinsiy a’zo terisi bilan bog‘liq muammolardan, jumladan, fimozdan asralishga yordam beradi.

Katta yoshda xatna qildirishdan keyingi tiklanish jarayoni uzoqroq davom etishi mumkin va unda asoratlar xavfi katta. 

3-mif: Xatna psixologik muammolarni keltirib chiqaradi.
Bir qancha tibbiy mavzularda yozadigan manbalarga ko‘ra, bu qarash sunnat qilish jarayoni to‘g‘risidagi hech qanday faktik asosga ega bo‘lmagan navbatdagi afsonadir. Sunnat va travmadan keyingi stress buzilishi (TSSB) mavzusida tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsa-da, tadqiqotchilar hali ham sunnat ruhiy zarar yoki muammolarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan aniq dalil topa olishmagan.