Antiperspirantlar saratonga sabab bo‘ladimi?

Antiperspirantlarning ko‘krak bezi saratoniga olib kelishi haqida ko‘plab xabarlar mavjud. Bir qancha nashrlar “antiperspirantlar haqiqatan ham ko‘krak bezi saratoniga sabab bo‘ladimi?” degan savolni o‘rtaga tashlab, unga javob izlaganlar.

Factchecknet.uz mavzuni o‘rgandi.

HUKM: YOLG‘ON 

Amerika Oziq-ovqat va farmasevtika idorasi (FDA)ga ko‘ra, dezodorantlar tashqi yuzani tozalash yoki yaxshilash uchun ishlatiladigan kosmetik vosita, antiperspirantlar esa kasalliklarning oldini olish, davolash yoki tananing funksiyasiga ta’sir qiluvchi dori vositasi sifatida ko‘riladi. 

“American Cancer Society” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘krak bezi saratoni xavfining antiperspirantlardan foydalanishga bog‘liqligini tasdiqlaydigan kuchli epidemiologik tadqiqotlar (odamlarda olib borilgan tadqiqotlar) mavjud emas va bu da’voni tasdiqlovchi ilmiy dalillar juda kam. Ko‘pgina tadqiqotlar ayollarning avvallari antiperspirantlardan foydalanish yazasidan xotiralariga tayangan. Bu esa, xususan saraton kasalligiga chalinishning ishonchsiz asosi bo‘lishi mumkin. 
Ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan bir qancha tadqiqotlar biri 2002-yilda o‘tkazilgan. 813 nafar ko‘krak bezi saratoniga chalingan va 793 nafar sog‘lom ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,  dezodarant va antiperspirantdan foydalangan ayollarda ko‘krak saratoni ko‘payishi yoki rivojlanishi qayd etilmagan. Ushbu natijalarni 2006-yilda o‘tkazilgan kichik tadqiqot qayta tasdiqladi. 2016-yildagi yana bir tizimli tekshiruv saraton va antiperspirant o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q degan xulosaga keldi.