Tarvuz va qovunni birga yeyish mumkinmi?

Telegram kanallaridan birida qovun va tarvuzni birga yeyish mumkin emasligi haqidagi xabar tarqaldi.

“Qovunning o‘zi hazm bo‘lishi juda og‘ir mahsulot bo‘lib, uni boshqa oziq-ovqatlar bilan birga yeb bo‘lmaydi”, – deyiladi xabarda.

HUKM: YOLG‘ON

Qovun va tarvuzni birga iste’mol qilish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida hali hech qanday asosli dalillar yo‘q.

Ushbu poliz ekinlarining kombinatsiyasi tibbiy qarshi ko‘tsatmalar bo‘lmasa, sog‘liq uchun muammolarni keltirib chiqarmaydi.

Birinchidan, qovun va tarvuz ovqat hazm qilishga yordam beradigan suv va kletchatkaga boy.

Ikkinchidan, ular past kaloriyali mahsulotlar. Bu esa o‘z vaznini nazorat qilib yuruvchilar uchun yaxshi tanlovdir.

Albatta, har qanday oziq-ovqat bilan bo‘lgani kabi, me’yorni bilish muhim ahamiyatga ega. Qovun yoki tarvuzni haddan tashqari iste’mol qilish, ayniqsa, ovqat hazm qilish tizimi zaif bo‘lgan odamlar oshqozonida diskomfort tug‘dirishi mumkin.

Shuni ham unutmaslik kerakki, qovun tarvuzga qaraganda tezroq hazm bo‘ladi.


Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.