Har bir amerikalikka 2000$: nima uchun Tramnpning va’dasi faktlarga mos kelmayapti?

Politifact yangi va’dani tekshirgani xususida

AQSh Prezidenti Donald Tramp amerikaliklarga go’yoki bojlardan olinayotgan daromadlardan 2000$ dan pul berishni va’da bergan. Biroq mutaxassislarning hisoblariga ko’ra, bunday to’lovlar imkonsiz: tariflardan daromadlar aytilgan summalardan o’n barobar kam.

Tramp nimalarni va’da bergan

2025-yil 9-noyabr kuni Donald Tramp Truth Socialda xabar e’lon qilgan, unga ko’ra, Tramp administratsiyadi «trillionlab dollar bojlar yig’gan» va «yuqori daromadga ega kishilardan tashqari» barcha amerikaliklarga «kishi boshiga 2000$ dan dividentlar» to’lashni rejalashtirmoqda.

«Biz trillionlab dollar yig’yapmiz va yaqinda 37 trillion dollar miqdoridagi qarzimizni to’lay boshlaymiz. Butun mamlakat bo’ylab zavod va fabrikalar rivojlanmiqda. Barchaga (boylardan tashqari) 2000 dollardan kam bo’lmagan miqdorda dividentlar to’lab beriladi», – deb yozdi Tramp.

Prezident ilova qilishicha, to’lovlar import tovarlar – temir va avtomobillardan dori vositalarigacha –  joriy etilgan tariflardan kelgan daromadlardan moliyalashtiriladi.

Ammo ekspertlar ogohlantiradi: bojlar Tramp ta’kidlaganidek, trillionlar olib kelmaydi va barcha fuqarolarga pul to’lash uchun mablag’ yetarli emas.

Bojlar aslida qancha daromad keltiradi

Yale Budget Lab ma’lumotlariga ko’ra, AQShga importga o’rtacha tarif 2025-yilda 18% ga yetdi, 1934-yildan buyon bu eng katta ko’rsatkich. Yil boshidan federal hukumat 309,2 milliard dollar boj yig’di, bu 2024-yildagi shu davrga qaraganda 143,8 milliard dollar kam.

Shu bilan birga, hatto eng optimistik bashoratlar – masalan, Tax Foundation hisoblari – ko’rsatishicha, bojlardan yig’im yiliga 200 milliard AQSh dollaridan ko’p bo’lmasa kerak. Bu esa va’da berilgan to’lovlardan ancha kam.

Mutaxassilar nima deydi

Erika York, Tax Foundation’ ning soliq siyosati bo’yicha prezident o’rinbosari hisoblariga ko’ra, 100000 dollardan kam daromadga ega katta yoshdagi amerikaliklar 2000 dollardan olsa, gap 150 million kishi haqida ketyapti.

«Bu deyarli 300 milliard dollar mablag’ni talab etadi, agar bu ro’yxatga bolalar ham kiritilsa, undan ham ko’p», – deb yozadi u 9-noyabrda e’lon qilingan maqolasida.

Mas’uliyatli federal byudjet qo’mitasi (Committee for a Responsible Federal Buget) ehtimoliy xarajatlarni dastur tuzilishiga qarab 600 milliard dollarga baholadi.

Jozef Rozenberg, Urban Institute va Brookings Institution qoshidagi Soliq siyosati markazi katta ilmiy xodimi ilova qildi, bunday to’lovlar Kongressning alohida qarorini talab etadi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bojlar amerikaliklarning xarajatlari oshishiga sabab bo’ladi. Mustaqil markazlar bahosiga ko’ra, tariflar uy xo’jaliklariga yiliga 1600-2600 dollarga aylanadi.

Politifact ta’kidlaydi, Tramp administratsiyasi bojlardan olingan daromadlarni defitsitni qisqartirish va avval qabul qilingan soliq qonunchiligi xarajatlarini qoplashga va’da bergan. Trampning o’zi va moliya vaziri Skott Bessent bir necha bor ta’kidlashgan, bojlar «qarzni qoplash» va «soliqlarni kamaytirish» ga yordam beradi.

Tahlilchilarning fikricha, avval va’da berilgan soliq imtiyozlarini yangi «dividentlar» kabi taqdim etish – bu real iqtisodiy choradan ko’ra siyosiy usul, xolos.

Nima uchun bu muhim

Iqtisodchilar fikriga asoslanib mualliflar Trampning bu gapi murakkab byudjet mexanizmlari saylovchilarga shaxsiy «hadyalar» sifatida taqdim etiladigan iqtisodiyotda populizm ekanini ta’kidlashmoqda.

Amaliyotda tariflar – bu xorijiy kompaniyalar emas, iste’molchilar bilvosita to’laydigan soliq.

Shu sababli va’da qiligan «dividentlar» ichki narxlar oshishini qoplamaydi, balki yashiradi.

Tramp keysidan qanday xulosa chiqarish mumkin?

Bunday misollar o’zbek auditoriyasi uchun ahamiyatli. Mediamujitimizda hisob-kitob bilan asoslanmagan iqtisodiy va’dalar ko’p yangraydi – masalan, QQS bekor qilish, eksportdan olingan daromadni «barcha fuqarolarga» yo’naltirish yoki yirik ijtimoiy loyihalarni «ortib qolgan» byudjet hisobidan moliyalashtirish g’oyalari shular jumlasidan.

AQSh tajribasi ko’rsatishicha, hatto dunyoning eng yirik iqtisodiyotida ham «oson pullar» to’g’risidagi gaplarni tekshirish zarurati bor.

Xulosa

Trampning bojdan olingan daromadlar hisobidan 2000 dollardan to’lov to’g’risidagi va’dasi m’lumotlar bilan tasdiqlanmagan.

Tariflardan daromadlar bunday xarajatlarni qoplash va bir vaqtning o’zida qarzni qisqartirish uchun juda kam. Mutaxassislarning fikricha, bu gap xato yoki atayin oshirilgan raqamlar asosida aytilgan.

Manba:  PolitiFact, “Trump proposed $2,000 payments for Americans from tariff dividends. Would that work?”, 10 ноября 2025 г.