Markaziy bank yangi firibgarlik holatlari haqida ogohlantirmoqda

O‘zbekistonda Telegram messenjeridagi soxta akkauntlar bilan bog‘liq holatlar tez-tez uchraydigan bo‘lib qoldi.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, firibgarlar regulyator logotipi tushirilgan soxta profillardan foydalib, fuqarolarga oʻzini “xavfsizlik xizmati” xodimlari sifatida tanishtirib, qalbaki guvohnoma va hujjatlarni joʻnatmoqda.

Markaziy bank yangi firibgarlik holatlari haqida ogohlantirmoqda

Ularning maqsadi foydalanuvchilarning ishonchini qozonishdir. Ular mobil qurilmalarga zararli dasturlarni yuklab olishni taklif qilish orqali onlayn kreditlarni taklif qilishlari mumkin. Bunday harakatlar natijasida iste’molchilar o‘z mablag‘larini yo‘qotadilar.

Markaziy bank qat’iy ravishda tavsiya qiladi:

• notanish akkauntlar bilan “kreditni bekor qilish” yoki “xavfsiz hisob raqamiga pul o‘tkazish” taklifi bo‘lgan yozishmalarga kirishmang;

• bunday foydalanuvchilarni darhol bloklang;

• begona ilovalarni yuklamang.

Markaziy bank yangi firibgarlik holatlari haqida ogohlantirmoqda

Markaziy bank jismoniy shaxslarga kredit bermasligi va bevosita moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmasligi alohida ta’kidlangan. Foydalanuvchilarga o‘ta ehtiyotkor bo‘lish va firibgarlarning hiylalariga aldanmaslik tavsiya etiladi.