SI hujayralar yosharishini 50 barobar tezlashtirgani rostmi?

Telegram-kanallarda sun’iy intellekt Yamanaki omillari tufayli hujayralarni 50 barobar tez yoshartirishni o’rgangani va klinik tajribalar turkumi 2027 yil oxiriga borib to’liq yakunlanishi haqidagi xabarlar tarqaldi.

 Factchecknet.uz mazkur xabarni tekshirdi.


Verdikt: QISMAN HAQIQAT

2006-yilda yaponiyalik olim Shinya Yamanaka va uning Kioto universitetidagi hamkasblari katta somatik hujayralarni ildiz hujayralarga «qayta dasturlash» mumkinligi, ya’ni ularga embrional hujayralarga xos xususiyatlarni qaytarish mumkinligini ilk bor namoyish etishdi.

Buning uchun ular to’rtta gen kombinatsiyasi: OCT4, SOX2, KLF4 va c-MYC dan foydalanishdi, keyinchalik ular Yamanaki faktorlari deb atala boshladi. (Bu genlar transkripsion faktorlar – oqsillarni kodlab, ular boshqa ko’plab genlar faolligini boshqaradi. Ularning birgalikda faollashuvi yetuk hujayrani idutsiyalashgan plyuripotent ildiz hujayraga (iPSC) – organizmning istalgan to’qimasiga aylana oladigan hujayraga aylantira oladi).

Bu kashfiyot 2012-yilda inqilob bo’lib, Yamanakiga tibbiyot sohasida Nobel mukofotini olib keldi. Yamanaki omillari ilm-fanga organizmning istalgan to’qimasiga aylana oladigan indutsiyalashgan plyuripotent ildiz hujayralari (iPSCs)ni yaratish vositasini berdi.

Biroq tez orada ma’lum bo’ldiki, jarayon nihoyatda samarasiz va nomo’tadil ekan: 0.1% dan kam hujayralarni qayta dasturlash imkoni bo’ldi, ularning bir qismi o’simta transformatsiyasini namoyish qilgan.

2025-yil avgustida OpenAI Retro Bioscinces bilan hamkorlikda tajriba natijalarini e’lon qildi va unga ko’ra, GPT-4b micro yordamida Yamanaki omillari nomi bilan mashur ikki oqsilning – SOX2 va KLF4 yangi versiyalari yaratishga muvaffaq bo’lishdi. Laboratoriya sharoitida ushbu ikki variant yanada yuqori samaradorlikni namoyon etdi: qayta dasturlash markerlari ekspressiyasi birlamchi oqsillarga qaraganda 50 barobar o’sdi. 50 yoshdan katta donorlarning hujayralari bilan bog’liq tajribalarda bir hafta o’tib asosiy markerlarning faollashuvi, o’n ikkinchi kunga kelib esa induksiyalashgan ildiz hujayralari koloniyalari shakllana boshladi. Ushbu ma’lumotlar haqiqatda qayta dasturlashni tezlashtirish va yanada natijaviy qilish mumkinligini ko’rsatadi.


OpenAI va Retro Bioscinces tomonidan qo’llangan GPT-4b micro kabi SI-tizimlari belgilangan xususiyatlarga ega yangi oqsil turlarini yaratish imkonini berdi. Klassik bioinjeneriya oqsilning bir ko’rinishini sinovdan o’tkazish uchun bir oy vaqt talab etsa, sun’iy idrok minglab variantlarni bir necha soat ichida modellashtira oladi, ularning ichidan eng yaxshi strukturaviy barqarorlik va faollikka egalarini saralaydi.

SI oqsilning barcha ehtimoliy  kofotmatsiyalarini tahlil qila oladi, qanday aminokislotalar DNK bilan bog’lanishni kuchaytirishi yoki hujayra singishi yaxshilashini bashorat qila oladi.

 Biroq gap «hujayralarni 50 barobar yoshartirish» haqida gap ketayotganini iddao qilish noto’g’ri. Aslida so’z eski hujayralarning yangilarga aylanishi emas, balki probirkada markerlar ekspressiyasining samaradorligi haqida ketayotgan edi. Bundan tashqari, tajribada ildiz hujayralari koloniyalarining paydo bo’lishi «organizmning yosharishi» isbotlanganini anglatmaydi. Bular hayratga soluvchi bo’lsa-da, laboratoriya tahlillari, xolos. Shuningdek, klinik sinovlarning 2027 yilgacha to’liq yakunlanishi haqidagi fikrlar ham haqiqatga mos emas. Bugunga kelib kompaniyalar insonlarda ilk tajribalarga tayyorlanyapti, ular ham alohida yo’nalishlarda, masalan, oftalmologik kasalliklarni davolashda.

O’rtacha klinik sinov olti-o’n yildan kam vaqt olmaydi, shuning uchun barcha bosqichlarning ikki yilda yakunlanishi to’g’risidagi bashorat asossiz.
Shu tariqa, xabarda real ilmiy yutuq noto’g’ri talqinda taqdim etilgan: laboratoriyadagi natijalar insonni yoshartirish uchun tayyor yechim, sinov muddatlari esa uzaytirilgan. Aslida bu sinovlarning erta bosqichi bo’lib, tasdiqlangan qo’llashgacha hali ancha vaqt bor.