Bir kishi chaqaloqni qorga uloqtirgani rostmi?

Internetda erkak kishi chaqaloqni yuqoriga otgani, go‘dak esa qor uyimiga tushayotgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi.

Factchecknet.uz vaziyatni o‘rgandi.

HUKM: FEYK
Bu bloger-millionchi (etti million obunachisi bor) Sergey Kosenko ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning xatti-harakati ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda qoralandi va bu orada vide qoldirishdi. “Daily.afisha” vakillari hatto pediatrdan izoh olishdi va bolani yuqoriga uloqtirish qanchalik xavfli ekanligi haqidagi Milliy hisobot tizimi ma’lumotlarini keltirishdi. Bu harakatlarda ijobiy narsa yo‘qligi mantiqan aniq.

Foydalanuvchilar sharhlarda bu haqiqiy bolami yoki yo‘qligi to‘g‘risida bahslashishdi va hatto videoni sekinlashtirib, kadrlar ham olishdi. Bolaning yuzi juda ham haqiqiyga o‘xshardi.

Voqeadan so‘ng Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Telegram kanali blogerga nisbatan “yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etgani uchun” jinoiy ish qo‘zg‘atishga qaror qilgani haqida xabar berdi.

Kontent muallifining o‘zi chaqaloq haqiqiy emasligini, bu bolaning kiyimiga kiyintirilgan maneken ekanligini, keyin esa montajda o‘g‘lining yuzi qo‘yilganligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, blogger buni birinchi bo‘lib amalga oshirmagan va u asosiy e’tiborni sun’iy intellekt, dipfeyklar va tahrirlashga qaratmoqchi bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng videorolik blogerning sahifasidan o‘chirib tashlangan.