Qisqacha mazmun. “Crocus City Hall”dagi fojiali voqealardan so‘ng, ayrim nashrlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikinning muhojirlar haqidagi so‘zlari tarqala boshladi: “…ruslar frontda ekanida muhojirlar bizning orqamizga hujum qilmoqda” (1, 2, 3, 4, 5).
HUKM: MANIPULYATSIYA
Javob. Aslida ham u bu so‘zlarni aytgan, lekin o‘tgan yili Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan XI Xalqaro yuridik forumda gapirgan (1, 2, 3).
TQ rahbari Rossiyada muhojirlar soni bilan birga ular sodir etgan jinoyatlar ham ortib borayotgani haqida fikr bildirgan va migrantlarni frontga jo‘natishni taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatimiz fuqarolari boshqa davlat hududidagi harbiy amaliyotlarda ishtirok eta olmaydilar, buning uchun jazo muqarrar.
Bastrikinning kontekstdan yulib olingan gapi “Krokus”dagi voqealardan keyin ksenofobiya fonida yana takroran tarqatila boshladi (1, 2, 3, 4, 5).
Natijada sharhlarda muhojirlarga nisbatan salbiy fikrlar oqimi paydo bo‘lmoqda.Kalit so‘zlar: migrantlar, ksenofobiya, Rossiya, O‘zbekiston.