Zaytun ozishga yordam beradimi?

Telegram kanallaridan biri zaytun ozish va shakar miqdorini kamaytirishga yordam berishi haqida xabar tarqatmoqda.

“Bularning barchasi zaytun tarkibida mavjud bo‘lgan elenol kislotasi tufayli. U eksperimental sichqonlarga berildi va bir hafta ichida moddani qabul qilgan semiz kemiruvchilar bu modda berilmagan sichqonlarga qaraganda ozdi va qondagi qand miqdori past bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

HUKM: QISMAN TO‘G‘RI

Zaytun vazn yo‘qotish va shakar darajasini pasaytirishda yordamchi rol o‘ynashi mumkin, ammo ta’siri cheklangan.

Unda sichqonlar ustida olib borilgan tadqiqotlarda ko‘rsatilganidek, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan eleonol kislotasi mavjud:

  • ishtahani kamaytiradi: to‘yinganlik tuyg‘usini tartibga soluvchi gormonlarga ta’sir qiladi;
  • glyukoza metobolizmini yaxshilaydi va organizmga qondan shakarni yaxshiroq qabul qilishga yordam beradi.

Shu bilan birga, zaytun va zaytun moyidagi eleonol kislotasining miqdori past ekanligini tushunish muhimdir. Shuningdek, tadqiqotlar sichqonlar ustida o‘tkazilgan va eleonol kislotasining odamlarga ta’siri haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Zaytunning kaloriyalari yuqori: 100 g tarkibida taxminan 115 kkal.

Shuning uchun, agar ozishni istasangiz, zaytun iste’molini cheklang: kuniga 50-100 g yetarli bo‘ladi.

Zaytun sog‘lom ovqatlanishning bir qismi bo‘lishi mumkin, ammo undan mo‘jiza kutmang.

O‘z diyetangizni va turmush tarzingizni kuzatib boring, shunda siz kerakli natijalarga erishishingiz mumkin.

 Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.