Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko’ra, Xitoy kasalxonalarida analizlar uchun qon oluvchi robotlar sinovdan o’tkazilmoqda: robotning o’zi tomirni topadi, qon olinganidan so’ng bintni yopishtiradi.
Factchecknet.uz xabarni tekshirdi.
HUKM: ROST
Haqiqatan ham, Xitoyda kasalxonalarda qon olish uchun robotlar sinovdan o‘tkazilgan. Ma’lum bo’lishicha, robotlar tomirni aniqlash va qon olish jarayonini bajaradi. Infraqizil tasvirlash texnologiyasi yordamida tomirlar aniqlanadi. Bu texnologiya tomirlarni aniq va oson topishga yordam beradi, shu bilan birga, bemorning og‘rig‘ini kamaytiradi. Ushbu jarayon bir daqiqadan kamroq vaqt oladi va jarayon oxirida robot bintni yopishtirish funksiyasiga ega.

Shuningdek, ayrim manbalar robotlar yordamida qon olish jarayonini yaxshilash maqsadida o’tkazilgan klinik sinovlar haqida ma’lumotlar bilan bo’lishadi. Unga ko’ra, robotlarning asosiy afzalliklari sifatida tezlik, aniqlik va og’riqsiz jarayon keltiriladi. Biroq ushbu texnologiya klinik amaliyotga keng joriy etilishidan oldin yanada ko’proq tadqiqotlar va sinovlar o’tkazilishi kerakligi ta’kidlanadi.