Ijtimoiy tarmoqlarda shamollashning eng yaxshi davosi issiq yuzada yalang oyoq yurish ekanligi degan mazmundagi xabar tarqalmoqda.
“Asfaltmi yoki betonmi, muhim emas, asosiysi u issiq bo‘lishi kerak. Kuniga 30-40 daqiqa piyoda yuring, shunda barcha kasalliklardan qutulasiz”, – deyiladi xabarda.
HUKM: YOLG‘ON
Yo‘q, issiq asfaltda yalang oyoq yurish shamollashdan davolamaydi.
Ushbu amaliyot salomatlik uchun ma’lum salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misol uchun, issiq asfalt, ayniqsa, uzoq vaqt yursangiz, oyoqlaringizni guydirishi mumkin. Kuyishlar og‘riqli bo‘lishi mumkin va davolanish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi.
Asfalt yuzasi bakteriyalar bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin, ular oyoqlaringizdagi kesilgan yoki yaralar orqali tanangizga kirishi mumkin. Bu tanangizni infektsiya bilan zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Agar bunday yurishdan keyin isitma yoki nafas olish qiyinlashishi kabi belgilar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing.
O‘zingizni asrang!
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.