Ukrainaning Parijdagi elchixonasiga hujum haqida soxta xabar berilgan

“Reuters Fact Check” loyihasi o‘zining faktlarni tekshirishga yo‘naltirilgan maqolalari bilan ma’lum. Shunday materiallarning birida nashr “Euronews” logosi tushiriliganUkrainaning Parijdagi elchixonasiga hujumlarni aks ettirgan videolavhani tekshirib ko‘rdi:

Fransiyalik fermerlar Ukrainaning Parijdagi elchixonasiga o‘z noroziliklari uchun tanqidga javoban go‘ng sepganliklari haqidagi “Euronews” logotipi tushirilgan video haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ukrainaning Parijdagi elchixonasiga hujum haqida soxta xabar berilgan

Ushbu video “Facebook” va “X” foydalanuvchilari tomonidan 10-fevral kuni internetda ulashildi. U “Euronews” teleradiokompaniyasi tomonidan e’lon qilingan ijtimoiy media videoreportajlar formatiga taqlid qiladi, kompaniya logotipidan foydalanadi va brend uslubiga mos keladigan yorqin ko‘k rangli fondagi oq matnni o‘z ichiga oladi.

Ukrainaning Parijdagi elchixonasi fransuz fermerlarini norozilik namoyishlarini to‘xtatishga chaqiruvchi xat yuborgani haqida yolg‘on xabar berilgan. Videoda, shuningdek, fransuz fermerlari elchixonaga go‘ng sepib, javob qaytargani, FNSEA xodimi Arno Russo Ukrainaning taxminiy talablarini tanqid qilgani aytiladi. Biroq “Reuters” “Euronews”ning bunday axboroti haqida hech qanday dalil topmadi, Ukraina elchixonasining fransuz fermerlariga yo‘llangan maktubi, elchixonaga hujum qilingani yoki Russo tomonidan aytilayotgan bayonot bo‘yicha hech qanday jamoatchilik izohi aniqlanmadi.

“Euronews” matbuot kotibi “Reuters”ga elektron pochta orqali shunday deydi: “Siz aytib o‘tgan videotasvir soxta ekanligini tasdiqlaymiz, uning “Euronews” bilan aloqasi yo‘q. U “Euronews”ning jurnalistik uslubi, grafikasi va formatini murakkab tarzda taqlid qiladi”. FNSEA vakili “Reuters”ga elektron pochta orqali xabar berishicha, Russo videoda unga tegishliligi aytilayotgan izohlarni bermagan.

Videodagi traktor tomonidan go‘ng sepilgan inshoot Ukrainaning Parijdagi elchixonasi emas, balki “Reuters” tomonidan aniqlanishicha, Dijondagi de la Tremuil bulvarida joylashgan mintaqaviy kengash binosi. Bu kadrlar dastlab 15-dekabr kuni “X”da Fransiya shahridagi fermerlarning norozilik namoyishlarini yoritgan mustaqil jurnalist tomonidan tarqatilgan.

Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.