“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?

Yurtimizda “Tashabbusli budjet” loyihasining 2024-yil birinchi mavsumiga ovoz to‘plash jarayoni sanoqli kunlarda yakunlanadi. Ayni vaqtda platformaga 35 mingdan ziyod loyiha kiritilgan.

Barcha xududlarda ovoz berish jarayonlari qizg‘in kechmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ovoz evaziga moddiy rag‘bat taklif qiliniyotgani va ovoz to‘plash jarayoni erkin, demokratik ijtimoiy faollik emas, moddiy manfaat evaziga qurilgan “poyga”ga aylangani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Factchecknet.uz Toshkent shahrida, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida ovoz yig‘ish jarayonlari qanday ketayotganini bilish maqsadida joylardan fotoreportaj tayyorladi.

“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ovoz yig‘ish jarayoni

HUKM: ROST

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri “Dehqon bozori” kirish joylarida ko‘plab ovoz yig‘ayotgan insonlarni uchratish mumkin. Ular asosan yog‘, salqin ichimliklar, sovun mahsulotlari hamda naqd pul orqali ovoz yig‘ishmoqda.

“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?

Yangiyer, Sirdaryo viloyati

Sirdaryo markazi Guliston shahrida ham deyarli shu tarzda — yog‘ va naqd pul orqali insonlarga o‘z ovozlarini berishlarini taklif qilishmoqda.

“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?

Guliston, Sirdayo viloyati

Samarqand shahri gavjum joylarida asosan yoshlar ovoz yig‘ishga jalb etilgan. Ovoz uchun 25 ming so‘m pul mablag‘lari, yog‘ va mobil telefon aksessuarlari taklif qilinyapti.

“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?

Samarqand shahri

Poytaxtimiz metro bekatlari yaqinida ham ovoz yig‘ayotganlarni uchratishimiz mumkin. Ular asosan ovoz uchun telefon aksessuarlari va yog‘ mahsulotini taklif etishmoqda. Bundan tashqari, har bir ovoz uchun metro bekatiga yaqin hududlarda shu hafta mobaynida 30-40 ming so‘mgacha to‘lov taklif qilinish holatlari kuzatildi.

“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?

“Beruniy” metro bekati atrofida ovoz yig‘ish jarayonlari  

“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?

“Buyuk ipak yo‘li” metro bekati chiqish yo‘li

Poytaxtimiz yirik savdo-dehqon bozorlarida ham ovoz yig‘ish jarayoni faol bo‘lib o‘tayapdi. Shulardan “Chorsu” bozorida ovoz yig‘ayotgan bir necha kishilarni uchratishimiz mumkin.

“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?
“Open Budjet” uchun ovozlar qanday yig‘ilmoqda?

Chorsu bozori

Ovoz yig‘uvchilar bu safar ham  yog‘ mahsulotlari, energetik ichimliklar, futbolkalar va aksessuarlarni taklif etishmoqda.