Kibersport ta’lim yo‘nalishi ochildimi?

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024-o‘quv yilidan “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochilishi belgilangan edi. Bu vazifa Prezidentning “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida belgilangan.

Factchecknet.uz ushbu qaror ijrosi ta’minlanganmi degan savolga javob izladi.

HUKM: BAJARILGAN

Shuningdek, Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023-yildan an’anaviy tarzda kibersport turlari bo‘yicha:

  • har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati;
  • har yili dekabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri;

2023-yil respublikada sovrin fondi 350 million so‘m bo‘lgan “Uzbekistan Esports Championship” chempionati o‘tkazilgan.

O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasining Youtube’dagi rasmiy sahifasida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi”dan lavhalar ulashilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Sport faoliyati: kibersport yo‘nalishi” ochilgan.


Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.