Xalq orasida tibbiy tushunchalar atrofida ko‘p hollarda mish-mishlar va noto‘g‘ri tasavvurlar shakllanadi, xolesterin ham bundan mustasno emas. Bu noto‘g‘ri tushunchalar salomatlik haqida noaniq tushunchalar shakllanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, Factchecknet.uz jamoasi xolesterin haqidagi keng tarqalgan afsona va uydirmalarni batafsil o‘rganib, bu mavzuga aniqlik kiritishga qaror qildi.
1-mif: Hamma turdagi xolesterin yomon.
Fakt: Xolesterin hujayra membranalarining muhim tarkibiy qismidir. U steroid gormonlar, D vitamini va o‘t kislotasini ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Xolesterin tananing atrofida yog‘ va oqsildan iborat bo‘lgan lipoproteinlar tomonidan harakatlanadi. Ushbu transport ikki asosiy usulda amalga oshiriladi. Yuqori zichlikdagi lipoprotein (HDL) ko‘pincha “yaxshi” xolesterin deb ataladi, chunki u xolesterinni jigarga qaytaradi. U yerda xolesterin tanadan chiqariladi va shu bilan yurak-qon tomir kasalliklar xavfini kamaytiradi.
2-mif: Xolesterin miqdori yuqori bo‘lsa, buni his qilamiz
Fakt: Odatda xolesterin yuqori darajada bo‘lishi uchun ogohlantiruvchi belgilar mavjud emas. Shuning uchun xolesterin darajasini kamida har 5 yilda bir marta tekshirib turish juda muhim. Ba’zi odamlarning terisida xolesterolga boy bo‘lgan ksantomalar deb ataladigan sarg‘ish o‘smalar paydo bo‘ladi. Ksantomasi bo‘lgan odamlarda xolesterin darajasi yuqori bo‘lishi mumkin.
3-mif: Xolesterin darajasini o‘zgartirishga ta’sir ko‘rsata olmaymiz
Fakt: Inson organizmidagi xolesterin miqdorini normallashtirish uchun quyidagilarga rioya qilishi kerak:
- sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish;
- to‘yingan yog‘larga boy ovqatlarni iste’mol qilmaslik;
- sog‘lom turmush tarziga rioya qilish;
- tabiiy tolaga va to‘yinmagan yog‘larga boy ovqatlarni iste’mol qilish;
- har kuni jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish;
- tamaki va spirtli mahsulotlarni ichmaslik. Chekish qon tomirlariga zarar yetkazadi, tomirlarning qattiqlashishini tezlashtiradi va yurak xastaligi xavfini sezilarli darajada oshiradi.
4-mif: Ozg‘in odamlarda xolesterin miqdori yuqori bo‘lishi mumkin emas
Fakt: Xolesterin miqdori yuqori bo‘lishi har kimda kuzatilishi mumkin. Kam jismoniy harakat, sifatsiz ovqatlanish kabi holatlarda va oilaviy giperkolesterolemiya kabi irsiy kasalliklarda xolesterin miqdori yuqori bo‘lishi kuzatilishi mumkin. Yuqori xolesterin ortiqcha vaznli yoki semirib ketgan odamlarda ko‘proq uchraydi, ammo normal vaznda ham xolesterin miqdori yuqori bo‘lishi mumkin.
5-mif: Yuqori xolesterin darajasi faqat katta yoshli odamlarda uchraydi
Fakt: Hozirgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 6 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lganlarning 7 foizida xolesterin miqdori yuqori. Ularning xavf omillari kattalar bilan bir xil: noto‘g‘ri ovqatlanish, semizlik. Ushbu xavf omillaridan biriga ega bo‘lgan bolalar 2 yoshdan boshlab xolesterinni tekshirishlari kerak.
6-mif: Xolesterin miqdorini faqat 35 yoshdan oshganlar tekshirtirib turishlari kerakFakt: Kishi organizmidagi xolesterin miqdori bolalikdan o‘rta yoshga qadar har 5 yilda bir marta tekshirib turilishi kerak. 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 55 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollar har 1-2 yilda bir marta tekshiruvdan o‘tishlari lozim. 65 yoshdan keyin har yili ko‘rikdan o‘tish maqsadga muvofiq.