Olmaotada faktcheking bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

Axborot oqimi muttasil oshib borayotgan bugungi dunyoda tanqidiy fikrlash, haqiqatni feykdan ajrata bilish har bir inson uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarga aylanib bormoqda.

16 – 18-avgust kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston yoshlari bilan ishlaydigan jurnalist va mutaxassislar uchun Qozog‘iston yoshlari axborot xizmati (QYAX) tomonidan tashkil etilgan faktcheking va dezinformatsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi.

Olmaotada faktcheking bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

Uch kun davomida ishtirokchilar sohaning yetakchi mutaxassislari rahbarligida faktcheck va dezinformatsiyani aniqlash usullarini chuqur o‘rgandilar.

Olmaotada faktcheking bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

Treningning so‘nggi kunida tinglovchilar amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi va o‘zlarining faktcheking treninglarini ishlab chiqishdi.

Har biri o‘z tajriba va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi, hamkasblari bilan birgalikda axborot savodxonligi va axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan shaxsiylashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishdi.

Olmaotada faktcheking bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

Treningda ma’ruzachilar olingan bilim va ko‘nikmalar ishtirokchilarning kasbiy faoliyatida amaliy qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratdilar, bu esa dezinformatsiyaga qarshi kurashish usullarini chuqurroq anglash va ularning kasbiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qildi.

Olmaotada faktcheking bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

Tashkilotchilar mintaqada media-ta’lim va axborot xavfsizligini mustahkamlash uchun bunday ta’lim tashabbuslarini yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.